Analitika

MAGATEning Zaporojye AESiga tashrifidan nimani kutish mumkin?

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka oʻtishZaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennыx
Zaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennыx - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
MAGATEning Zaporojyega tashrif buyuradigan missiyasi AES holati va radiatsiyaviy fonni tekshiradi, shuningdek, mutaxassislar oʻzlari bilan stantsiya uchun muhim ehtiyot qismlarni olib kelishadi.
TOSHKENT, 30 avg - Sputnik, Renat Abdullin. Shu haftada Xalqaro atom energiyasi agentligi inspektorlari hali ham Ukraina qoʻshinlari tomonidan oʻqqa tutilayotgan Zaporojme atom elektr stantsiyasiga tashrif buyurishadi.
Kiyev maʼmuriyati ushbu tashabbusdan norozi ekanligi aniq, ammo, aftidan, ularni koʻndirishdi. Xalqaro ekspertlar yadroviy inshoot atrofidagi vaziyatga taʼsir oʻtkaza oladimi - RIA Novosti materialida.

"Bu kun keldi"

MAGATE bosh direktori Rafael Grossi bundan mamnunligini yashirmadi. "Bu kun keldi. Zaporojye AESiga qoʻllab-quvvatlash va yordam missiyasi yuborildi", dedi u oʻz mikroblogida va delegatsiyaga shaxsan oʻzi rahbarlik qilishini ham qoʻshimcha qildi.
Avgust oyi boshidan beri stantsiya Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan uzluksiz oʻqqa tutilmoqda. Bu Chernobil falokati bilan baravar yadroviy falokatga olib kelishi mumkin.
Inspektorlar obʼyektga Ukraina hududi orqali yetib kelishi kerak edi. Ammo Kiyevda ularga ruxsat berishga shoshilishmadi. Dunyoning 40 dan ortiq davlatlari hatto Moskvani Zaporojye AES ustidan nazoratni zudlik bilan Ukrainaga qaytarishga chaqirdi.
Lekin barcha qiyinchilarga qaramasdan, tashrif haqida kelishib olindi. The Wall Street Journal nashrining yozishicha, delegatsiya “hududdagi elektr uzatish liniyalariga zarar yetkazgan va yongʻinga sabab boʻlgan janglar falokatga olib kelishi mumkinligidan xavotirda”, shuningdek u ZAES holati va radiatsiyaviy fonni tekshiradi. Bundan tashqari, mutaxassislar oʻzlari bilan stantsiya uchun muhim ehtiyot qismlarni olib kelishadi. Amerika nashrining aniqlik kiritishicha, missiyaning obʼyektda qolish muddati 31 avgustdan 3 sentyabrgacha.
25 avgust kuni Zaporojye AESda avariya himoya tizimi ishga tushishi oqibatida bir vaqtning oʻzida ikkita energoblok toʻxtab qoldi. Bunday holat stantsiya ishga tushganidan buyon ilk bor sodir boʻldi. Elektr energiyasi taʼminoti oʻtgan barcha yillar davomida birinchi marotaba uzildi.
Ertasi kuni Energodar Ukraina Qurolli Kuchlarining yangi keng koʻlamli oʻqqa tutilishini eʼlon qildi - ular ZAES hududida kamida toʻrtta zarbani qayd etdilar, ammo infratuzilmaga zarar etkazmasdan. Zaporojye viloyati harbiy-fuqarolik maʼmuriyati bosh kengashi aʼzosi Vladimir Rogovning soʻzlariga koʻra, soʻnggi bir hafta ichida ZAESni oʻqqa tutish intensivligi 70 foizga oshgan. 29 avgust kuni esa snaryad Reaktorlar uchun yoqilgʻi saqlanadigan 1-sonli maxsus binoning tomini teshib tushgan. Snaryad amerikaning M777 gaubitsasiniki boʻlgan.

"Yadroviy oʻzboshimchalikni toʻxtating"

Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova OAVlarda paydo boʻlayotgan, guyoki "MAGATE ushbu tashrifni, Moskvaning irodasiga qarshi ravishda oʻtkazmoqda" qabilidagi xabarlarga ishonmaslikka daʼvat qildi. Aksincha, Kiyev ushbu tashrifga imkon qadar qarshilik koʻrsatmoqda. Ularning bu "rejalari amalga oshmaydi" deydi Zaxarova.
"Rossiya tomoni MAGATEning ZAESgi amalga oshiriladigan missiyasi xavfsiz oʻtishi hamda oʻz oldiga qoʻyilgan barcha maqsadlarga erishishi uchun hamma narsani qilmoqda. Asosiysi - Zelenskiy rejimi tomonidan amalga oshirilayotgan yadroviy oʻzboshimchalikni toʻxtatish, stantsiyaning xavfsiz ishlashini taʼminlash”, — deyladi Rossiya TIV bayonotida.
Rossiyaning Venadagi xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili Mixail Ulyanovga koʻra, ayrim mutaxassislar stantsiyada qoladi. Zaporojye hokimiyati, oʻz navbatida, ularni barcha zarur narsalar bilan taʼminlashga vaʼda berdi. Viloyat maʼmuriyati rahbari Yevgeniy Balitskiyning soʻzlariga koʻra, MAGATE inspektorlari ZAES va butun qitʼaning xavfsizligiga aynan Ukraina Qurolli kuchlari tahdid solayotganini oʻz koʻzlari bilan koʻrishi kerak.
Shu bilan birga, Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa bir hafta oldin Xavfsizlik kengashi yigʻilishida Kiyevning MAGATE ishiga maʼlum bir "harbiy komponent" kiritish istagi borligini taʼkidlagan edi. U nimani nazarda tutgani hozircha aniq emas.

Kimning manfaati uchun?

MDH davlatlari instituti boʻlim boshligʻi Vladimir Yevseyev RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida taʼkidlaganidek, MAGATE vakillarining tashrifi Kiyev rejimi uchun darhaqiqiat noqulay.
"Ular AESga qayerdan va qanday qurollar yordamida oʻq uzilayotgani oʻz koʻzlari bilan koʻrishadi. Ular qanday qurollar qoʻllanganini, Kiyev uchun esa undan ham yomoni, Amerika tizimlari qoʻllanganini aniqlab berishadi. Bu Moskva uchun missiya faoliyatining ijobiy qismi", - deydi tahlilchi. ishonadi.
Shu bilan birga, salbiy tomonlar ham mavjud. masalan MAGATE stantsiyani himoya qilish uchun zarur boʻlgan Rossiya havo mudofaa tizimlarini ham koʻradi. "Tashkilot rahbariyati, ochigʻini aytganda, amerikaparast boʻlgani tufayli ularning ekspertlari Moskvani ayblash uchun zarracha boʻlsa ham maʼlumot topishga harakat qilishadi. Men ulardan hech qanday xolislikni kutmagan boʻlardim.
Yangiliklar lentasi
0