Nasiba Abdullayevaga “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni berildi

© Foto : Sosseti Nasibi AbdullayevoyPevitsa Nasiba Abdullayeva
Pevitsa Nasiba Abdullayeva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Ilhom Aliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh O‘zbekiston madaniyat arboblarini mukofotladi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayevani "Ozarbayjon xalq artisti" faxriy unvoni bilan mukofotladi. Tegishli farmon uning rasmiy saytida chop qilingan.

"Ozarbayjon Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi madaniy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan xizmatlari uchun Nasiba Melikovna Abdullayevaga "Xalq artisti" faxriy unvoni berilsin", - deyilgan hujjatda.

Bundan tashqari, Ozarbayjon rahbari bir guruh O‘zbekiston madaniyat arboblarini "Dostlug" ("Do‘stlik" ) ordeni bilan taqdirlagan.
O‘zbekiston xalq artisti, sozanda Abduhoshim Ismoilov, Toshkentdagi Ozarbayjon madaniy markazi faoli, sirdaryolik ozar shoiri Nosirli Ali Haydar o‘g‘li, O‘zbekiston davlat konservatoriyasi rektori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev bu ordenga loyiq ko‘rilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev R. Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat musiqa teatri vokalisti Mammadova Gulyanaq Zakir qizini "O‘zbekiston xalq artisti" faxriy unvoni bilan taqdirlagan edi. Yana uch nafar Ozarbayjon arboblari “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan.
Yangiliklar lentasi
0