O‘zbekiston va Ozarbayjon energetika sohasida hamkorlik qiladi

© Energetika vazirligi O‘zbekiston va Ozarbayjon energetika sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Ozarbayjon energetika sohasida hamkorlik qiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Ozarbayjon qayta tiklanuvchi energiya manbaalari hamda investitsiyalar sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Toshkent va Boku energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha yo‘l xaritasini imzoladi. Bu haqida Energetika vazirligi xabar berdi.
“Yo‘l xartasi” Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Axmedxadjayev va Ozarbayjon Respublikasi Energetika vaziri Parviz Shahboz tomonidan imzolandi.
Hujjatga asosan, 2022-2023 yillar davomida tomonlar mamlakatda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda tegishli tanlovlarda ishtirok etishga taklif qilish, xususiy investitsiyalar hisobidan yangi issiqlik elektr stansiyalarini qurish sohasida bilim va ilg‘or tajriba almashadi.
Shuningdek, o‘zaro investitsiyalarni rag‘batlantirish, energiya (elektr energiyasi va tabiiy gaz) bozorlarini liberallashtirish va yaratish, xususiylashtirishda tomonlarning ishtirokini ta’minlash va xususiy investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari bo‘yicha tajriba va axborot almashish nazarda tutilgan.
“O‘zbekneftgaz va “SOCAR” kompaniyasi kimyo va neft-gaz mahsulotlarini eksport/import qilish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar tashkil etiladi. “SOCAR” bilan Ozarbayjon hududida geologik qidiruv va uglevodorodlarni qazib olish loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari ham ishlab chiqiladi”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0