O‘zbekistonga koreys estrada artistlari keladi

© Ministerstvo kulturi, sporta i turizma Respubliki KoreyaKoreyskiy ispolnitel Kay iz gruppi Exo
Koreyskiy ispolnitel Kay iz gruppi Exo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ilk bor MOKKOJI KOREA Butunjahon koreys madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Sentabr oyida O‘zbekistonda MOKKOJI KOREA Butunjahon koreys madaniyati festivali bo‘lib o‘tadi.
Tadbir O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligiga bag‘ishlangan.
Festival 24-25 sentabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Tadbir Koreya Respublikasi Madaniyat, sport va turizm vazirligi hamda Koreya xalqaro madaniy almashinuv fondi hamkorligida tashkil etiladi.
"Bu yil O‘zbekiston va Malayziya tanlandi. Dunyoning qolgan mamlakatlari festivalni onlayn kuzatib boradi. Mashhur K-pop san’atkorlarining konsertiga chiptalarni xarid qilib bo‘lmaydi – faqat yutib olish mumkin”, - deydi tashkilotchilar.
Konsertda qo‘shiqchi, reper, aktor va EXO guruhi raqqosasi Kay, qo‘shiqchi Ailee, boyzbend F.able ishtirok etadi.
Chiptalar o‘yini MOKKOJI KOREA saytida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar tasodifiy tarzda tanlab olinadi. Birinchi o‘yin 17-avgust kuni bo‘lib o‘tdi, ikkinchi va uchinchi o‘yinlar 31-avgust va 7-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, 24 va 25-sentabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ko‘rgazmalar vaqtidagi musobaqalarda qatnashib, chiptalarni yutib olish mumkin.
Festival doirasida koreys kino ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi, bunda tashrif buyuruvchilar mashhur seriallardan liboslarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Festival “Anhor Lokomotiv” bog‘idagi Axelon Karting Club’da bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston ko‘plab xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalarni rivojlantirmoqda. Masalan, Rossiyaning taniqli artistlari musiqa va teatr tadbirlarining kuzgi mavsumida ishtirok etadilar.
8 sentabr kuni “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyi sahnasida SSSR xalq artisti, YuNESKOning jahon artisti, dirijor Vladimir Spivakov boshchiligida Rossiya Milliy filarmoniya orkestrining xayriya konserti bo‘lib o‘tadi. Oktabrda virtuoz pianinochi Denis Matsuyev ham chiqish qiladi.
Yangiliklar lentasi
0