Shavkat Mirziyoyev Denis Manturovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali Deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax mejdu Respublikoy Uzbekistan i Respublikoy Kazaxstan
Shavkat Mirziyoyev i Kasim-Jomart Tokayev podpisali Deklaratsiyu o soyuznicheskix otnosheniyax mejdu Respublikoy Uzbekistan i Respublikoy Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Prezident O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik.O‘zbekiston davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh Rossiya fuqarolari "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi. Bu haqida 29-avgust kuni prezident tomonidan imzolangan farmonda nazarda tutilgan.
Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan bir guruh chet el fuqarolarini mukofotlandi. Ular orasida Rossiya Federatsiyasi fuqarolari ham bor.
"Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlanganlar:
Manturov Denis Valentinovich - Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi o‘rinbosari – sanoat va savdo vaziri;
Chernikova Alevtina Anatolyevna - Rossiya Federatsiyasining "MISiS" milliy texnologik tadqiqotlar universiteti rektori;
Malishev Vladimir Sergeyevich - Butunrossiya davlat kinematografiya instituti rektori;
Tregulova Zelfira Ismailovna - Tretyakov Davlat galereyasi Bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi);
Mukofotga sazovor ko‘rilganlarning davlatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish, sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, ilm-fan va madaniy-gumanitar sohalardagi aloqalarni kengaytirishga qo‘shayotgan katta hissasi inobatga olingan.
Qolaversa, O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan global va mintaqaviy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqlar orasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini tobora mustahkamlash, uzoq muddatli va keng qamrovli munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish borasidagi samarali faoliyati uchun "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi.
Yangiliklar lentasi
0