Kolumnistlar

Ukraina QK kelajagi: afgʻon uchuvchilari, slovak MiGlari va Polshaga qochish...

© AP Photo / Rahmat GulSamolet afganskix VVS
Samolet afganskix VVS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Afgʻonlashtirilgan Ukraina havo kuchlari bir hafta ichida "demilitarizatsiya" qilinishi yoki ukrain qoʻshinlarining Polshaga (Slovakiya, Vengriya, Ruminiya)ga qochishi bilan yakunlanishi muqarrar. Amerikalik va amerikaparast milliy armiyalarning Qobul va Saygondagi tanazzuli kabi.
Afgʻoniston tajribasi amerikalarga saboq boʻlmadi. Vashingtonda bir necha dollar va texnologik jihatdan eskirgan qurollarni qoʻgʻirchoq Kiyev rejimiga yetkazib berish orqali Rossiya - dunyodagi birinchi yadro derjavasini magʻlub etish mumkinligiga ishonishmoqda.
Ukraina Harbiy-Havo Kuchlarini qayta taʼminlash uchun AQSH Slovakiyadan kelgan eski MiG-29 reaktiv qiruvchi samolyotlari va turli mamlakatlarda uchratish mumkin boʻlgan boshqa sovet davridagi samolyotlar uchun “turbovintli” afgʻon dizertir uchuvchilarini qayta tayyorlamoqda. AQShning bilvosita harbiy yordami Kiyev rejimining halokatini vaqtincha kechiktiradi, ammo maxsus harbiy operatsiyaning yakuniy natijasiga taʼsir qilmaydi.
Rossiya harbiy-diplomatik manbasining 29 avgust kuni jurnalistlarga xabar berishicha, Ukraina sobiq havo kuchlarining yozgi kvalifikatsiyalashgan tarkibi - MiG-29, Su-27 va Su-25 lar Rossiya Havo-Kosmik Kuchlari va Havoga qarshi mudofaa kuchlari vositalarining samarali harakatlari bilan deyarli yoʻq qilingan.
Oʻtgan sutkada Zaporojsk viloyati va Donetsk Xalq Respublikasida ikkita ukrain Su-25 shturmoviklari urib tushirildi. Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon 276 samolyot, 148 ta vertolyot va 1832 uchuvchisiz uchish apparati yoʻq qilingan. Bu UQK ning 500 dan ortiq uchuvchilari halok boʻlganini anglatadi.
Ularning oʻrnini toʻldirish maqsadida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Xarkov harbiy institutining oʻqishi tugallanmagan kursantlarini jangga tashladi. Ularni birinchi, ikkinchi parvozdanoq (Gitleryugendning 17 yoshli oʻsmirlari tarixini eslang) yoʻq qilishgan. Ukraina havo kuchlarining halokatli yoʻqotishlarini toʻldirish uchun Gʻarb mamlakatlari Polsha va boshqa Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi sovet samolyotlari uchuvchilarini shartnoma boʻyicha yollashga harakat qilishdi, biroq bu samarasiz boʻldi.
Bugun Pentagon Ukraina Qurolli Kuchlari uchun bir yil avval AQSH va boshqa mamlakatlarga qochib ketgan afgʻon uchuvchilarini toʻplamoqda. Ularni qayta oʻqitish Kaliforniyada boshlanadi. Ammo, afgʻon uchuvchilari Ukrainadagi harbiy teatrdagi vaziyatni aslo oʻzgartira olishmaydi.
Amerika standartlari boʻyicha yaratilgan afgʻon armiyasi 2021 yil avgust oyida xuddi qumdan yasalgan uy kabi sochilib ketdi: afgʻon uchuvchilari jangovar mashinalarda toliblardan qoʻshni mamlakatlarga chiqib ketishdi. Ukraina himoyasi uchun Pentagonning bunday “mutaxassislar”ni jalb qilishini faqatgina alamzadalik yoki reallikdan uzoqlashish deb atash mumkin.
Afgʻonlar oʻz vatanlarida turbovintli EMB-312 Tucano (bitta propellerli) shturmoviklarida uchishgan. Bunday samolyot boshqargan uchuvchini MiG-29 yoki Su-25 reaktivlariga oʻtkazish juda murakkab, deyarli imkonsiz. Rossiya maxsus harbiy operatsiyalari zonalarida afgʻon “mutaxassislari” uzoq parvoz qila olishmaydi.

Reallikka qaytish

Braziliyaning yengil Tucano shturmoviklari mashgʻulot mashinasi sifatida yaratilgan va politsiya (povstantsiyaga qarshi) operatsiyalarda dushmanning havoga qarshi mudofaa qiruvchilarisiz yengil shturmovikdek foydalanilgan.
Tucanoning jangovar radiusi - 550 km, foydali yuklama- 1500 kg (pushka, pulemyot, aviabombalar), kreyser tezligi- 500 km/soat. Afgʻon armiyasida qiruvchi aviatsiya boʻlmagan. Taqqoslash uchun, MiG-29 ning yer sathidagi tezligi - 1500 km/soat, maksimali - 2450 km/soat.
Qiruvchi samolyotni boshqaradigan uchuvchi uchun boshqaruvning umuman boshqacha koʻnikmalari kerak boʻladi. Ustiga - ustak, Ukraina MiG-29larining kompleks qurollanishi yaqinda Amerikaning radiolokatsion boshqaruvga qarshi, uzoqligi 48 kmgacha boʻlgan AGM-88 HARM raketalari bilan integratsiyalashgan. Raketalarni boshqarish uchun elektronika hamda dushmanning havoga qarshi mudofaa vositasi yaqinlashganda mahorat bilan boshqaruvni talab qiladi. Afgʻonlarning toliblardan olgan tajribalari esa bunda naf keltirmaydi.
Amerikaning Air Force Magazine nashri yozishicha, sovet samolyotlaridan gʻarbda ishlab chiqarilganlariga oʻtish uchuvchilardan fikrlashni oʻzgartirish va boshqa taktikani oʻzlashtirishni talab qiladi. Bu oson emas. Ruminiya harbiy-havo kuchlari F-16 samolyotlariga oʻn yil avval oʻtishgan edi. Va uchuvchilari hamon talab qiladigan darajaga yetishgani yoʻq. Hamma narsani pulga sotib olib boʻlmaydi. Rossiya maxsus operatsiyasi sharoitida Kiyevning mamlakat Qurolli kuchlarini qaytadan sozlashga aslo imkon yoʻq.
Slovakiya mudofaa vazirining xabar berishicha, qurollar safidan chiqarilgan MiG-29 avgust soʻnggida - sentyabr boshida Ukrainaga yetkaziladi (sotiladi). Samolyotlar joʻnatish uchun tayyor boʻlgan, faqat rasmiyatchiliklar qolgan. Yaqin vaqtda Ukraina qiruvchilar parki samolyotlarga toʻladi. Biroq, pul va eskirgan metall oʻz-oʻzidan jang qila olmaydi, uchuvchilarsiz ucha olishmaydi ham.
Kiyevga 11 ta slovak MiG-29 qiruvchilarini yetkazish - yangi qurbonlik akti. Ukrainada bu mashinalar hech qayerga joylasha olmaydi, asosiy bazalar vayron qilingan, har bitta aerodrom Rossiya raketa komplekslarining taʼsir doirasida turibdi. Oʻnta slovak MiG lar xorijiy ekipajlari bilan hafta mobaynida “demilitarizatsiya” qilinishi mumkin. Hattoki gʻarbiy Ukraina viloyatlarida yangi aerodrom jihozlashsa ham.
Roven viloyatida UKQ obʼyektlaridan portlash ovozlari tinmayotir. U yerga soʻnggi kunlarda NATO qurollari joylashtirilgan va Xarkov yaqinida hamda Slavyan-Kramatorsk aglomeratsiyasi hududida oʻtkazish uchun jamlangan kuchlar jalb qilingan edi.
Qoʻshma Shtatlar va qariyb 50 ta boshqa mamlakatlar texnologik jihatgan eskirgan NATO qurollarini yetkazib Ukrainaga armiyani mustahkamlashda “yordam berishmoqda”. Shu bilan birgalikda Kiyev rejimiga Amerikaning F-16 qiruvchilarini yetkazib berish loyihasi Kongressda ovoz berish bekor qilinishi bilan qolib ketdi (loyiha ukrain uchuvchilari va texniklarini qayta oʻqitish uchun 100 mln ajratishni nazarda tutadi). Bundan tashqari, Vashington tomonidan nazorat qilinmagan, Yevropada harbiy kuchayish xavfi yuqoriligi va AQShning Shimoliy Amerika hududiga toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy tahdidlar tufayli jarayon oldinga siljimayapti. “Qaror qabul qilish” markazlari Kiyevda emasligi hammaga kundek ravshan.
AQSH va NATOning harbiy yordami UQK vaqtinchalik halokatni oldini olishga yordam beradi biroq, maxsus operatsiya yakuniy natijalariga taʼsir qilmaydi. Ukraina havo kuchlarining malakali uchuvchilar tarkibi yoʻq qilingan. Gʻarbda Kiyev rejimi uchun qurollar tugab bormoqda.
UQK ni “afgʻonlashtirish” vayrongarchilik va ukrain qoʻshinlarining Polshaga (Slovakiya, Vengriya, Ruminiya) ga qochishi bilan yakunlanishi muqarrar. Amerikalik va amerikaparast milliy armiyalarning Qobul va Saygondagi tanazzuli kabi.
Yangiliklar lentasi
0