Yangi Chevrolet Tracker sotuvga chiqdi

© SputnikUzAuto Motors nachala seriynoe proizvodstvo Chevrolet Tracker 2023
UzAuto Motors nachala seriynoe proizvodstvo Chevrolet Tracker 2023 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Obuna bo‘lish
Avtomobilning boshlang‘ich komplektatsiya narxi 179 000 000 so‘m, Premier komplektatsiya esa 249 000 000 so‘mdan sotiladi– tafsilotlar.
TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Birinchi milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili sotuvi boshlandi. Bu haqida “UzAuto Motors” kompaniyasi ma’lum qildi.
Avtomobil ixlosmandlari bugundan boshlab, krossoverga shartnoma tuzishlari mumkin.
Chevrolet Tracker narxlari:
Boshlang‘ich komplektatsiya — 179 000 000 so‘m;
LS komplektatsiya — 209 000 000 so‘m;
LTZ komplektatsiya — 229 000 000 so‘m;
Premier komplektatsiya — 249 000 000 so‘m.
Chevrolet Tracker krossoveri zamonaviy dizayn, xavfsizlik, qulaylik, samaradorlik va tejamkorlik sifatlariga ega.
© UzAuto MotorsMilliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili
Milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili
“Chevrolet Tracker o‘zining zamonaviy tashqi ko‘rinishi hamda salon intereri shuningdek, GM tomonidan ishlab chiqarilgan CSS Prime tejamkor dvigateli, hamda intellektual funksiyalar va xavfsizlik tizimlari jamlanmasi bilan ajralib turadi”, deyiladi xabarda.
“Chevrolet Tracker 2023”ning ayrim xususiyatlari:
1,2 hajmli, aylanma harakatda 190 Nm va 132 ot kuchi quvvatiga ega zamonaviy uch silindrli CSS Prim turbomotor;
6-pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi;
aralash siklda tejamkor yoqilg‘i sarfi 6.9 l/100 km, shahar tashqarisidagi yo‘lda harakatlanish- 5.6 l/100 km;
Xavfsizlikni ta’minlash tizimi ( past tezlikda avtomatik tormozlash, ko‘rinishi cheklangan joylar monitoringi, faol favqulodda tormozlash, oldinda turgan to‘siqlar haqida ogohlantirish, frontal to‘qnashuv haqida ogohlantirish, 6 ta xavfsizlik yostiqchasi).
Qulaylik:
yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
haroratni avtomatik nazorat qiluvchi tizim (klimat kontrol);
kruiz-kontrol;
aqlli kalit (smart key) va dvigatelni ishga tushirish;
charm qoplamali 3 spitsali rul;
yomg‘ir datchigi;
eko-charmdan o‘rindiqlar qoplamalari;
simsiz zaradlash;
8 duymli sensor displeyga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto);
to‘liq svetodiod optikasi va LED orqa gabarit chiroqlar.
© UzAuto MotorsMilliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili
Milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.08.2022
Milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili
2023 yildan boshlab avtomobillar qo‘shimcha opsiyalar: tashqi oynalarni isitish tizimi, old o‘rindiqlarni isitish, oyna tozalagich (dvornik) atrofini isitish, ikkinchi orqa qator o‘rindiqlari isitish tizimi, elektr mexanizmga ega haydovchi o‘rindig‘i, rul isitish tizimi, himoya karteri va "Redline" paketida taqdim etiladi.
Yangiliklar lentasi
0