Dunyo siyosatchilari Gorbachovni qanday inson deb bilardi

© Sputnik / F. de Bonnvil / Mediabankka o‘tishGeneralniy sekretar SK KPSS Mixail Gorbachev s suprugoy Raisoy vo vremya prebivaniya vo Fransii (2-5 oktabrya 1985 goda).
Generalniy sekretar SK KPSS Mixail Gorbachev s suprugoy Raisoy vo vremya prebivaniya vo Fransii (2-5 oktabrya 1985 goda). - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Sobiq Ittifoq davlatlarida Gorbachevni SSSR parchalanishi va undan keyin sodir bo‘lgan og‘ir inqiroz yillarining sababchisi deb bilishadi, lekin G‘arb davlatlarida Gorbachov haqida aksariyat ijobiy fikrda.
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Sobiq SSSR prezidenti Mixail Gorbachovning vafoti munosabati bilan RIA Novosti axborot agentligi dunyoning taniqli siyosatchilari sobiq rahbar haqida aytgan fikrlarini esga oldi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish umumjahon tashkilot nomidan SSSR sobiq prezidenti oilasi a’zolariga ta’ziya bildirdi. Shuningdek, "Gorbachov Sovuq urushni tinch yo‘l bilan tugatish uchun eng ko‘p harakat qilgan inson edi", deb esladi BMT Bosh kotibi.
AQSh prezidenti Jozef Bayden 2009-yilda "Gorbachovni ajoyib qarashlarga ega odam" deb atagan edi va u bilan uchrashish haqida iliq so‘zlar aytgan egan.
AQShning sobiq davlat kotibi Kondoliza Rays sobiq prezident haqida "Gorbachov xalq hayotini yaxshilashga harakat qildi" degan edi.
Amerikalik taniqli aktor Arnold Shvartsenegger intervyulardan birida "Gorbachovni do‘st deyish baxtiga muyassar bo‘lganidan xursand" ekanini aytib o‘tgan edi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron aytishicha, "Gorbachovning Yevropada tinchlikka sodiqligi tarixni o‘zgartirgan". (Berlin devorining qulashi, SSSR qo‘shinlarining Sharqiy Yevropadan olib chiqilishi)
Britaniya bosh vaziri v.b. Boris Jonson "Gorbachovning jasorati va halolligiga qoyil qolgan".
Italiya sobiq bosh vaziri Berluskoni esa "Gorbachovning qarashlari va xotirjam mulohazalarini sog‘inishini" aytib o‘tgan edi.
AQShning SSSRdagi sobiq elchisi Metlok Gorbachovni muvaffaqiyatsizliklar uchun emas, erishgan yutuqlari uchun eslashga chaqirdi. AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Makfol esa – "tarix rivojini undan-da ijobiy o‘zgartirgan odamni" tasavvur qila olmasligini aytgan.
Gorbachovning zamondoshi va hamkasbi Ronald Reygan uchun hisobotlar tayyorlagan sobiq Markaziy razvedka boshqarmasi tahlilchisi Makgovern Gorbachovni "zamonamizning haqiqiy qahramoni" deb biladi.
AQSh moliya vazirining sobiq yordamchisi Robertsning aytishicha, Gorbachovning xatosi - NATOni kengaytirmaslik haqidagi va’dalarga ishonishi bo‘lgan.
"Gorbachovning xatosi Vashingtonni noto‘g‘ri tushunish edi. Amerikaning amaldagi prezidenti tuzgan bitimni uning vorisi rad etishi mumkin. Hatto imzolangan hujjatlar bo‘lsa ham. Korrupsiyalashgan Klinton rejimi NATOni Sharqqa kengaytirmaslik haqidagi kelishuvlar hech qachon bo‘lmagan deb e’lon qila oldi", - dedi Reygan ma’muriyatida ishlagan Roberts.
Siyosatshunos Sergey Stankevich Mixail Gorbachovni milliy va jahon tarixini tubdan o‘zgartirgan “monumental shaxs” deb atadi.
“U qilishi mumkin bo‘lgan ko‘p yomon ishlarni qilmadi. Ammo agar u biroz qat’iyatli bo‘lganida, u yanada ko‘proq yaxshi ishlar qilishi mumkin edi. Endi u allaqachon tarixga tegishli, vaqt hamma narsani o‘z o‘rniga qo‘yadi", - dedi Stankevich.
Eslatib o‘tamiz, sobiq SSSRning birinchi va yagona prezidenti uzoq davom etgan kasallikdan keyin o‘tgan tunda 91 yoshida vafot etdi.
Yangiliklar lentasi
0