Yevropaga “Shimoliy oqim” orqali gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatildi

© Sputnik / Aleksey VitviskiyGazoprovod "Severniy potok"
Gazoprovod Severniy potok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
“Gazprom” “Shimoliy oqim” orqali gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Rossiya gazini “Shimoliy oqim” gaz quvuri orqali yetkazib berish to‘liq to‘xtatildi. Bu haqda “Gazprom” kompaniyasi ma’lum qildi.
“Shimoliy oqim” orqali gaz yetkazib berish to‘liq to‘xtatildi, bugun gaz o‘tkazuvchi agregatda rejali ishlar boshlanadi”, - deyilgan xabarda.
Kompaniya yetkazib berish to‘xtatilishi haqida 19-avgust kuni ogohlantirgan edi. Ta’mirlash ishlari tufayli gaz 31-avgust soat 04:00 dan 3-sentabr soat 04:04 gacha (Moskva vaqti bilan) yetkazib berilmaydi. Profilaktika ishlari ish holatida qolgan yagona Trent 60 o‘tkazuvchi agregatda olib boriladi. Kompaniya ishlar yakunlangandan keyin gaz yetkazib berish hajmi sutkasiga 33 million kubometr darajasida qayta tiklanadi.
O‘tgan hafta gazning birjadagi narxlari ming kubometr uchun 3500 dollardan oshib ketgan edi.
“Shimoliy oqim” iyun o‘rtasidan buyon cheklovlar bilan, iyul oxiridan buyon esa umumiy quvvatining atigi 20 foizi ishlayapti.
Rossiya tomoni yetkazib berish hajmi kamayishi faqat sanksiyalarga bog‘liq ekanini ta’kidlagan. Chunki sanksiyalar sabab “Siemens”ning xizmat ko‘rsatish va gaz o‘tkazuvchi agregatlarni ta’mirlash ishlari bilan muammolar yuzaga kelgan.

Mavzuga oid:

Germaniyada Rossiya gaziga muqobil topilmagani tan olindi
“Qimmat” qish! Medvedev gaz narxi prognozini oshirdi
“Gazprom” Niderlandiyaning GasTerra kompaniyasiga gaz yetkazib berishni to‘liq to‘xtatdi
Armaniston Rossiya gazi uchun to‘lovni rublga o‘tkazdi
Yangiliklar lentasi
0