Kinochilar uyiga MDH mamlakatlaridagi eng yirik prokat ekrani o‘rnatildi

© SputnikSamiy bolshoy kinoekran v SNG dlya sifrovix filmov
Samiy bolshoy kinoekran v SNG dlya sifrovix filmov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Kinochilar uyiga jami 5 ta ekran – bino ichida 4 ta DCP va 1 ta yozgi LED displey joylashtiriladi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Toshkentdagi Kinochilar uyiga MDH mamlakatlaridagi eng yirik DCP formatdagi prokat ekrani o‘rnatildi. Bu haqida Kinematografiya agentligi xabar berdi.
“Ipak yo‘li durdonasi” XIV Toshkent xalqaro kinofestivali arafasida ommaviy tomoshabinlar uchun mo‘ljallangan MDH mamlakatlaridagi eng yirik DCP formatdagi prokat ekranining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Masshtabli ekranning kengligi 29,5 metr va balandligi 14 metrni tashkil etadi.
Yangi ekranda birinchi bo‘lib "Baron-2: Sog‘inch" filmi namoyish etildi. Qayd etilishicha, ekran ovoz va tasvirning to‘liqligini maksimal darajada yetkazib bera oladi.

“Kinochilar uyiga jami 5 ta ekran – bino ichida 4 ta DCP va 1 ta yozgi LED displey joylashtiriladi. Kinoteatr bir vaqtning o‘zida 1809 kishini sig‘dira oladi. Bu yerda O‘zbekiston mustaqilligining 31-yilligiga bag‘ishlangan bayramoldi namoyishlari boshlanadi. Kinoteatr yurtimiz aholisi va mehmonlar uchun ochiq bo‘ladi”, deydi Kinematografiya agentligi Bosh direktori Firdavs Abduxalikov.

Aytilishicha, O‘zbekiston kinosi kunlari doirasida Kinematografiya agentligi milliy davlat va tijorat telekanallari bilan shartnomalar imzolab, yangi o‘zbek filmlarini namoyish qila boshlaydi.
Yangiliklar lentasi
0