Mixail Gorbachov 91 yoshida vafot etdi

© Sputnik / Yuriy AbramochkinGorbachev
Gorbachev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Siyosatchi Moskvadagi Novodevichya qabristonida rafiqasi yoniga dafn etiladi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti Mixail Gorbachov 30-avgust kuni 91 yoshida vafot etdi.
Qayd etilishicha, siyosatchi Moskvadagi Novodevichiy qabristonida rafiqasi yoniga dafn etiladi.
"Sobiq prezident 2020-yilda, “koronavirus pandemiyasining eng boshida” kasalxonaga yotqizilgan. Shu kungacha u Markaziy klinik shifoxonasida vrachlar nazoratida bo‘lgan", deyiladi xabarda.
Mixail Gorbachov 1931-yil 2-martda tug‘ilgan. U 1990-yil 15-martdan 1991-yil 25-dekabrgacha SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti bo‘lgan. Shuningdek, KPSS Markaziy Qo‘mitasining oxirgi Bosh kotibi va SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Yangiliklar lentasi
0