Iqtisod

Moskva birjasi oʻzbek soʻmida savdoni qachon boshlashi aniq boʻldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka oʻtishMoskovskaya birja
Moskovskaya birja - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskva birjasida “oʻzbek soʻmi – Rossiya rubli” juftligida savdolar boshlanadi.
TOSHKENT, 31 avg — Sputnik. 12 sentyabrdan Moskva birjasining valyuta bozorida “oʻzbek soʻmi – Rossiya rubli” (UZS/RUB) juftligida savdolar boshlanadi. Bu haqda birja matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, yangi valyuta bozorning professional ishtirokchilari, ularning mijozlari – jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan tashqi iqtisodiy faoliyat subʼyektlarining savdo imkoniyatlarini kengaytiradi.
“Shuningdek, ikki mamlakat iqtisodiy subʼyektlari uchun milliy valyutalarda hisob-kitob qilishni rivojlantirishga qoʻshimcha ragʻbat boʻladi”, - deyilgan xabarda.
Avvalroq Moskva birjasi 27 iyundan boshlab Oʻzbekiston soʻmi bilan savdo qilishni boshlashi xabar qilingan edi. Keyinroq birja bu sanani boshqa kunga koʻchirganini maʼlum qildi.
Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi 24 mart kuni Rossiya rubli/soʻm valyuta juftligi (RUB/UZS_TOM instrumenti) boʻyicha birja savdolari muvaffaqiyatli oʻtkazilganini xabar qilgan edi.
Rossiya Oʻzbekistonning asosiy hamkorlaridan biri. Joriy yilning yetti oyida ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro tovar ayirboshlash 30 foizga oshgan.
Yangiliklar lentasi
0