O‘tin, shamchiroq, sviter: Rossiya gazidan voz kechgan Yevropa qishga qanday tayyorlanmoqda

© Sputnik / Aleksey VitviskiyGotovaya chast gazoprovoda "Severniy potok", arxivnoe foto
Gotovaya chast gazoprovoda Severniy potok, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Yil yakunida Rossiya neft va gaz savdosidan $260 mlrd. daromad oladi. Bu 2021-yilga nisbatan 45% ko‘p, 2020-yilga nisbatan esa - 180% ko‘p.
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Bugun issiq yoz faslining so‘nggi kuni, oldinda sovuq qish. Rossiya gazi va ko‘miridan voz kechgan Yevropa davlatlari bu yilgi qishga qo‘rquv va xavotir bilan tayyorlanmoqda. Har biri o‘zgacha.
Britaniyada idish-tovoqni lavaboda yuvish, deraza va eshik bo‘shliqlarini yopish, foydalanmayotganda maishiy texnikani elektrdan uzib qo‘yish, svetodiodli lampalarga o‘tish, hammom o‘rniga dush qabul qilish, noturar joylarda isitishni o‘chirish tavsiya etiladi, aholiga xonalarda haroratni pasaytirish tavsiya etilmoqda.
Bir qator shaharlar o‘z to‘lovlarini to‘lay olmaydigan aholi uchun muzeylarda isitish punktlari tashkil qilmoqchi. Ba’zi maktablar eng kambag‘al o‘quvchilar uchun sviter sotib olish imkonini ko‘rib chiqmoqda.
Fransiyada do‘konlarga konditsioner yoki isitish yoqilganda eshiklarini ochiq tutish, tunda yoritilgan belgilar va ventilyatsiyani yoqish, yorug‘lik maksimal 70% to‘liq quvvatda ishlashi taqiqlangan. Mijozlar yo‘q vaqtida - isistish va sovutish aspoblari maksimal 50% quvvatda ishlashi kerak. Brittanda talabalar auditoriyasini 19 darajadan yuqori isitish taqiqlanadi.
Germaniyada jamoat joylarini 19 darajadan yuqori haroratda isitish taqiqlanadi va odatda odamlar "uzoq vaqt turmaydigan" joylarni isitish taqiqlanadi, basseynlarda suvni isitish taqiqlanadi, ulardan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Qo‘l yuvish uchun issiq suv va jamoat binolari va tarixiy yodgorliklarning yorug‘ligini o‘chirish uchun ular prezident qarorgohi va Brandenburg darvozasini ham yoritishni to‘xtatdilar.
Gannoverda sport zallarida haroratni 15 darajadan yuqori qilmaslikka qaror qilishdi, Munxenda ofislarda issiq suvni o‘chirishadi, bir qator savdo markazlari eskalatorlarni o‘chirishadi, Baden-Vurtemberg Bosh vaziri uyda faqat bitta xonani isitishni taklif qildi va dush o‘rniga nam latta bilan artinishni tavsish qildi. GASAG gaz kompaniyasi isinish uchun ikki iavat sviter kiyish va zinapoyadan yugurib chiqib-tushishni maslahat berdi.
Ispaniyada Bosh vazir Sanches vazirlar, amaldorlar va biznes rahbarlarini konditsionerlarni tejash maqsadida behuda galstuk taqmaslikka chaqirdi, davlat muassasalarida 27 darajadan past salqinlash va 19 dan yuqori issiqlik taqiqlanadi, kirish eshiklari avtomatik ravishda yopilishi, vitrinalar esa soat 22.00 ga qadar o‘chirilishi kerak.
Italiyada, davlat va ta’lim muassasalarida, shuningdek, 27 darajadan past haroratda sovutish va 19 darajadan yuqori isitish taqiqlanadi, qoidabuzarlik uchun 500 dan 3 ming yevrogacha jarima solinadi.
Finlyandiyada tarmoq operatori Fingridning aytishicha, qishda elektr energiyasi iste’molini kamaytirish uchun do‘konlar navbatma-navbat bir necha soatga yopilishiga to‘g‘ri kelishi, sovuq tushganda esa bir necha soat davomida o‘chirishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Chexiyada elektr energiyasi narxi oshishi sababli talabalar masofaviy ta’limga o‘tkazilishi mumkin.
Shveysariyada ElCom elektr komissiyasi rahbari qishga sham va o‘tin jamlashga chaqirdi.
Polshada fuqarolarga sovuq kechalarda muzlab qolmaslik uchun o‘rmonlarda o‘tin terib olishga ruxsat berildi.
Litvada energiya tejash bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi - eng original tejamkorlar sovg‘alarga ega bo‘ladi.
Rossiyaga choh qazib...

Rossiya Ukrainada maxsus operatsiya boshlaganidan so‘ng AQSh boshchiligida Yevropa davlatlari yoppasga Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritishni boshladi. Rossiyani valyutadan mahrum qilish, rubl kursini qulatish maqsadida G‘arb davlatlari Rossiya nefti, gazi va ko‘miriga boykot e’lon qilishdi va ularni sotib olishdan voz kechishdi.

Buning natijasida Rossiya endigina qurib bitkazgan "Shimoliy oqim-2" gaz quvurini muzlatib qo‘yishga "Shimoliy oqim" gaz quvurini esa vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Natijada Yevropa birjalarida gaz narxi bir yil ichida 7-8 baravar oshib ketdi: 1000 m3 kub gaz 500 $ dan sotilgan bo‘lga bugungi kunda uning narxi 2900 $ ga yetdi.

O‘z navbatida Rossiya energiya resurslarini Osiyo bozoriga yo‘naltirdi - Hindiston va Xitoy Rossiyadan bir necha barobar ko‘p neft va gaz sotib ola boshladi. Rossiyaning neft va gazdan daromadi oshdi. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, yil yakunida Rossiya neft va gaz savdosidan $260 mlrd. daromad oladi. Bu 2021-yilga nisbatan 45% ko‘p, 2020-yilga nisbatan esa - 180% ko‘p.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0