Rossiya Mixail Gorbachov boshqaruvidan qanday saboq olishi kerak?

© AP Photo / Boris YurchenkoAndrey Gromiko i Mixail Gorbachev v prezidiume Verxovnogo Soveta RSFSR
Andrey Gromiko i Mixail Gorbachev v prezidiume Verxovnogo Soveta RSFSR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Gorbachov va uning komandasi kommunizmga ishonmadilar, kapitalizmning mohiyatini bilmadilar - natijada buyuk davlatni vayron qildilar.
TOShKENT, 31 avg - Sputnik. Rossiya va G‘arb Gorbachov bilan turlicha xayrlashmoqda: Rossiya tarixida u SSSRni vayron qiluvchi, G‘arb uchun esa - Sovuq urushni tugatgan va Germaniya va Yevropani birlashtirishga yo‘l ochgan odam bo‘lib qoladi.
Rossiya o‘z tarixidagi eng noshud hukmdorlardan birini dafn etayotgan vaqtda, G‘arb “zamonasidan oldinga o‘zib ketgan daho” bilan xayrlashmoqda. Shu sababli, haqiqatan ham ikkita xayrlashuv marosimi bo‘lsa, ajablanarli emas - biri Moskvada, ikkinchisi Londonda, bizning Gorbachov "Rossiyaga va butun dunyoga erkinlik berdi" deb kuylovchi muhojirlarimiz ishtirokida.
Rossiya va G‘arbda bu shaxsga munosabatlar bunchalik katta farq qilishi tasodifiy emas - bu biz va G‘arb o‘rtasidagi, Rossiya jamiyatining ko‘pchiligi va g‘arbparast ozchiligi o‘rtasidagi eng chuqur tafovutni aks ettiradi.
Gorbachovning o‘zi Rossiyani qoloq deb hisoblamasdi va uning qulashini istamasdi. Lekin o‘zining nodon islohotlari bilan Vatanimizga ulkan qayg‘u va azoblar keltirdi. Biz haligacha uning halokatli hukmronligining azobini tortmoqdamiz va uning oqibatlarini, tuzatilishi mumkin bo‘lganlarni tuzatmoqdamiz.
Lekin G‘arb, Gorbachov faoliyatidan, tarixan unchalik uzoq bo‘lmasa ham, foyda ko‘rdi. Endi bo‘lsa G‘arb ham Gorbachovning o‘limidan ham yana o‘zining qandaydir maqsadlarida foydalanmoqchi bo‘layapti.
Jo Bayden shunday yozgan: “U hokimiyatga kelganida, Sovuq urush deyarli 40-yil davom etgan va halokatli oqibatlarga olib kelgan kommunizm yanada uzoq davom etayotgan edi. Faqat bir necha yuqori martabali sovet amaldorlari nimanidir o‘zgartirish kerakligini tan olishga jur’at eta oldilar. <...> O‘n yillik zo‘ravon siyosiy qatag‘onlardan so‘ng u demokratik islohotlarni o‘tkazdi. U oshkoralik va qayta qurishga shunchaki shior sifatida emas, balki Sovet Ittifoqi uchun olg‘a intilish yo‘li sifatida ishondi. Natijada millionlab odamlar uchun xavfsizroq va erkinroq dunyo yaratildi".
Gap nima haqida ketayotgani aniq: Rossiya yana yillar davomida siyosiy repressiyalar, yakkalanish va mahrumliklarga duch keladi, lekin ertami kechmi yangi Gorbachov kelib, ruslarga erkinlik olib keladi va ho kazo... Nega G‘arbdagi ko‘p odamlar bunga ishonishadi? Chunki bizning g‘arbparast liberallarimiz hammani bunga ishontirishda davom etmoqda. Gorbachev esa bunga yorqin misol.
Bo‘sh orzularmi? Ha, agar Gorbachov boshqaruvining asosiy saboqlarini o‘zimiz o‘rgansak.
Saboq shundan iboratki, Rossiya nafaqat G‘arbning, na hatto uning ittifoqchisining bir qismi bo‘lishi mumkin emas, balki o‘z mustaqilligi va o‘zini o‘zi ta’minlashni har tomonlama mustahkamlashi kerak.
Axir SSSR nihoyatda mustaqil va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan davlat edi, nega u inqirozga uchradi? Hamma gap shundaki, sobiq Ittifoq rahbariyatida “umuminsoniy qadriyatlar” sari intilmoqchi bo‘lgan shaxs paydo bo‘ldi va uch-to‘rt yil ichida butun tizimni tanazzulga uchratdi. Xuddi shunday holat yana takrorlanmasligiga kim kafolat beradi?
SSSR haqiqatan ham o‘z mafkurasi va o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy modelni targ‘ib qildi. O‘z davrida mamlakat maksimal qudratiga erishdi, lekin umumiy G‘arbning bir qismi bo‘lishga intilmadi. CCCRda bunday intilish hatto dushmanlik sifatida qabul qilinar edi.
Lekin bu qudratning barchasi juda nozik poydevor - kommunistik g‘oya ustida turardi. Hkumron elitaning aksariyati ushbu g‘oya tarafdori bo‘lsa-da aholining ko‘pchiligi unga befarq edi. 1970-yillarda kommunizm istiqbollarida, ayniqsa nomenklaturaning o‘rta bo‘g‘inlarida umidsizlik boshlandi va butun tizim tahdid ostida qoldi.
Gorbachovning 1985-yilda hokimiyat tepasiga kelishi natijasida, shoshilinch va mazmunli islohotlar o‘rniga barcha sohalarni: iqtisodiyot, mafkura, tashqi siyosatni bir vaqtning o‘zida qayta qurishni boshlab yubordi. Gorbachovning o‘zi ham, uning atrofidagilar ham ular boshlagan islohotlar qanday oqibatlarga olib kelishini tushunishmas edi. Ular start bergan islohotlar barcha sohalarda hokimiyat tizimi, ijtimoiy munosabatlarda va iqtisodiyotda nomutanosiblikka olib kela boshlaganida, ular shunchaki bir vaqtning o‘zida ham gazni va tormozni bosgan holda, o‘zlarini u yoqdan bu yoqqa ura boshladi.
Buning asosiy sababi esa - ularning endi kommunist emasligida edi. Ya’ni ular Sovet Ittifoqi qurilgan asosiy g‘oyaga ishonmaganligi edi. Ular avvalo konvergensiyaga (ya’ni sotsializm va kapitalizm sinteziga), so‘ngra sof bozor iqtisodiyotiga o‘tishni xohladilar. Lekin shu bilan birga, ular kapitalist ham emas edilar, ya’ni ular na G‘arb jamiyatining tuzilish tamoyillarini, na jahon bozori va iqtisodiyot qonunlarini bilishardi. Agar ular bu narsalarni bilganida edi, ko‘plab G‘arb institutlari va vositalarining SSSR uchun mutlaqo nomaqbulligini tushungan bo‘lishar edi.
Ular kommunizmga ishonmadilar, kapitalizmning mohiyatini bilmadilar - natijada buyuk davlatni vayron qildilar.
Ularning nodonligining asosiy sababi esa yana biri - Rossiyani noto‘g‘ri tushunish, ming yillik noyob sivilizatsiyaga mansublik hissi yo‘qligi edi. Ha, bu bolshevizmning oqibatlaridan biri edi, lekin Sovet hokimiyatining yetmish yillik davrida moslashishga urinishlar bo‘ldi, ya’ni marksizm-leninizmni ruslashtirish va jahon inqilobi g‘oyasini rad etishga urinish bo‘ldi.
Lekin ming afsuski, ular chinakam milliy fikrlaydigan, davr chaqiriqlariga javob bera oladigan (ya’ni jiddiy islohotlarni amalga oshirishga) qodir elitani shakllantirish uchun yetarli darajada bo‘lmadi. Albatta, nomenklaturaning eng yuqori qatlamlari o‘zlarining mutlaq ko‘pchiligida halol va vatanparvar edilar. Ammo elitaning uchinchi yoki to‘rtinchi bo‘lagi (jumladan, ziyolilarning katta qismi) mafkuraviy jihatdan mutlaqo chirigan va "G‘arb oldida bo‘yin eguvchilarga" aylanib bo‘lgan edi. Gorbachovning butun siyosati barbod bo‘lgach, ular tashabbusni o‘z qo‘llariga oldilar va eng katta geosiyosiy falokat oqibatlaridan o‘z manfaatlariga foydalana boshladilar.
Hozir bo‘lsa, Rossiya Ittifoqning parchalanishi oqibatlarini tuzatmoqda, ya’ni o‘zining birligini tiklamoqda. Bu qiyin va uzoq jarayon, lekin u muqarrar. Ammo bundan ham muhimi, agar strategik jihatdan, Rossiyani biladigan va sevadigan, o‘z milliyligini anglaydigan odamlardan iborat haqiqiy mustaqil milliy elitani shakllantirish va tarbiyalash jarayoni.
Bu mamlakatimizda hech qachon yangi halokatli qayta qurishlar sodir bo‘lmasligini, balki xalqimiz manfaatlariga javob beradigan chinakam kuchli ijtimoiy-iqtisodiy tizimni shakllantirish va barpo etishning asosiy kafolatiga aylanadi. Va bu biz uchun Gorbachov muvaffaqiyatsizligidan olingan eng yaxshi saboq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0