“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktiriladi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishInvalidi-veterani Velikoy Otechestvennoy voyni
Invalidi-veterani Velikoy Otechestvennoy voyni - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlanadi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktiriladi. Bu haqida 30-avgust kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Davlat bojxona qo‘mitasiga Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligiga moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, zamonaviy usullar va ijtimoiy texnologiyalarni joriy etishda doimiy asosda ko‘maklashish topshirildi.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, ularning intellektual, jismoniy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish rejalashtirilgan.
2023-2024 yillarda “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarining hududida videokuzatuv moslamalari o‘rnatiladi.
2022 yil 1-oktabrdan boshlab “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylaridagi tarbiyachilarni har yili kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarida o‘qitish tartibi joriy etiladi.
Qolaversa, 2023-yil 1-iyunga qadar ruhiy va jismoniy rivojlanishida kamchiligi bo‘lgan shaxslarning zamonaviy abilitatsiya va reabilitatsiya muolajalaridan o‘tishi uchun “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari negizida zarur texnologik sharoitlar yaratiladi.
Yangiliklar lentasi
0