Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov bir-birini Mustaqillik bayramlari bilan qutladi

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Suhbat chog‘ida Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yil sentabr oyida o‘tkazishga kelishib olindi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari shu kunlarda ikki mamlakatda keng nishonlanayotgan mustaqillik bayramlari munosabati bilan bir-birini dildan qutlab, birodar o‘zbek va qirg‘iz xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.
Muloqot davomida O‘zbekiston-Qirg‘iziston do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek, suhbat chog‘ida Davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishini joriy yil sentabr oyida o‘tkazishga kelishib olindi.
Transport va energetika sohalarida mintaqaviy ahamiyatga molik ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni, shu jumladan “Qambarota-1” GESini qurish loyihasini ilgari ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Davlat rahbarlari, shuningdek, Markaziy Osiyoda hamkorlikni mustahkamlash hamda ShHTning bo‘lajak Samarqand sammiti kun tartibini muhokama qilishdi.
Ma’lumot uchun, joriy yil boshidan O‘zbekiston-Qirg‘iziston o‘zaro savdo hajmi 30 foizga oshdi.
Yangiliklar lentasi
0