Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzildi – uning vazifalari

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPortfel s dokumentami
Portfel s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashiga rahbarlik qilish Sardor Umurzakovga zimmasiga yuklandi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tashkil etildi. Shavkat Mirziyoyev 30-avgust kuni tegishli qarorga imzo chekdi.

Prezidentning tadbirkorlar bilan o‘tkazgan “ochiq muloqoti”da bildirilgan taklif va tashabbuslarning vazirlik va idoralar tomonidan samarali va o‘z vaqtida ijro qilinishi holati ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari biri.

Kengash tadbirkorlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan jamoatchilik fikrini tizimli monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘siq va g‘ov bo‘layotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish hamda vakolatli davlat organlariga taqdim etadi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tadbirkorlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish va iqtisodiy ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Kengashga Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzakov raislik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident huzurida Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashini tuzilishi Shavkat Mirziyoyevning 22-avgust kuni tadbirkorlar bilan ochiq muloqot davomida ma’lum qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0