Toshkentda III Hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi

© Foto: “Hunarmand” uyushmasi axborot xizmati “Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi
“Toshkent suvenirlari” ko‘rgazma-savdosi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida III Hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. 3-4 sentabr kunlari Toshkent shahrida joylashgan Mirzo Ulug‘bek nomidagi markaziy istirohat bog‘ida III Hunarmandchilik festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bu galgi festival noodatiy musiqiy chiqishlarni hamda kutilmagan ritmlarni o‘z ichiga oladi. Bastakorlarning vinil plastinkalardagi betakror ijrolari, noyob albomlar festivalga o‘zgacha shukuh bag‘ishlaydi.
Qolaversa, festivalda jonli konsertlarni namoyish qilish rejalashtirilgan. Musiqiy dasturning hamkori TBC bank hisoblanadi.
Shuningdek, bozor hududida fud-kort ochiladi, festival ishtirokchilari betakror qahvadan tatib ko‘rishlari, oilaviy restoranning qandolatchilik mahsulotlaridan bahramand bo‘lishlari mumkin.
Festivalgni tomosha qilish bepul.
Yangiliklar lentasi
0