UQKning qarshi hujumi: G‘arb talablariga binoan

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishArtilleriya LNR vedet obstrel VSU s okrain Popasnoy
Artilleriya LNR vedet obstrel VSU s okrain Popasnoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.08.2022
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli Kuchlarining Nikolayev va Xarkov viloyatlariga uyushtirgan qarshi hujumi Kiyev rejimining degradatsiya darajasini yaqqol tasdiqlaydi. Unga na kollektiv G‘arbning o‘n millard dollarlik harbiy yordamlari va na NATO qurollarining ko‘p yetkazilishi ham foyda bermayapti.
Prezident Vladimir Zelenskiyning to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyrug‘i bilan 29-avgust kuni UQK bo‘linmalari Nikolayev va Xerson viloyatlaridagi Rossiya va DXR kuchlariga hujum qilishga harakat qilishdi. Reuters agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev rejimi Ukraina janubida zarbalar sonini ko‘paytirgan. Jangning bir necha soatlarida ukrain qo‘shinlaridan 560 harbiy xizmatchi halok bo‘lgan, 26 ta tank, 32 ta zirhli mashina, 2 ta Su-25 shturmoviklari va bitta Mi-8 verteloti yo‘q qilindi.
O‘tgan sutkada Nikolayevo-Krivorojsk va boshqa yo‘nalishlarda Rossiya bo‘linmalari tomonidan 1200 nafar ukrain harbiy xizmatchilari, 48 ta tank, 46 ta piyoda jangovar mashina, 37 ta boshqa zirhli mashina va 8 ta yirik kalibrli pulemot yo‘q qilindi. Rossiya Ukraina hududlarida raketa qo‘shinlari va artilleriya, operativ-taktik hamda armiya aviatsiya vositalari bilan harbiy obyektlarga zarba berishda davom etmoqda.
Shu bilan birga, Ukraina Bosh shtabining xulosasi Ukraina qo‘shinlarining bo‘sh dashtda, deyarli havo qoplamasi bo‘lmagan, Rossiya artilleriyasi va aviatsiyasining ommaviy zarbalari ostida ehtiyotsiz hujum harakatlarini e’tiborsiz qoldirdi. Ingules darosining Andreyevka va Suxoy Stavok qishloqlari orasida 4 metrga cho‘zilgan Ukraina Qurolli Kuchlari “olovli hudud” ga tushib qolishdi. Yo‘qotishlar xuddi 2014-yil avgust oyida ukrain qo‘shinlarining Ilovaysk qozonidan chiqishga urinishlaridagi qurbonliklariga o‘xshaydi. Biroq, “kuzda vaziyat jiddiylashuvi” endi boshlanmoqda.
Ukraina bosh masxarabozi Xersonga qarshi hujumning bunday davom etayotganidan norozi va Qurolli Kuchlardan hech qanday yo‘qotishlarga qaramasdan olg‘a harakat qilishni talab qilmoqda. Reallikdan uzoqlashgan holda Zelenskiy ukrainlarga “Qrimni qaytarishni” va’da qilmoqda” va rus qo‘shinlarini “omon qolish uchun qochishga” chorlamoqda.

Haqiqat bilan to‘qnashuv

Kiyev rejimi G‘arbning harbiy-moliyaviy ko‘magi natija berayotganini isbotlashi kerak - eng kamida xaritada ko‘rinadigan, 100 nafar aholi yashaydigan Suxoy Stavok “hududlarini qaytarib olish”. G‘arbning har oy beradigan 5 mlrd.dollarlik ko‘magisiz qo‘g‘irchoq “Ukrain davlatchiligi” xuddi qumdan yasalgan uydek sochilib ketadi. Binobarin, kelgusi oylarda UQK G‘arbdan yangi kreditlar va qurol-yarog‘lar olish uchun qurbonlik keltirishga mahkum.
Xerson va Zaporojye viloyatlaridagi to‘qnashuv chizig‘idagi operativ vaziyat Bankovaning “gollivudcha taqlidlari”ga hech qanday aloqasi yo‘q. G‘arbning Ukraina qarshi hujumida ishtirok etish uchun yo‘naltirgan UQK 128 -tog‘-shturm brigadasi butunlay vayron qilindi.
Rossiya qo‘shinlari 30-avgust kuni UQKning Nikolayev viloyatidagi muvaffaqiyatsiz hujumi davomida aniqlangan nishonlarga aviatsiya, artilleriya va raketa zarbalarini berdi. Dnepropetrovsk viloyatining Aleksandrovka tumanida 1-tank brigada “Iskander” zarbasi bilan yo‘q qilindi. UQK yo‘qotishlari 200 nafar harbiy, shuningdek, 40 nafar xorijiy yollanma askardan ko‘p bo‘ldi. Rossiyaning radioelektron urush tizimlari ukrain uchuvchisiz apparatlarini muvaffaqiyatli urib tushirishmoqda. Rossiya Havo Kuchlari bo‘linmalari Xarkov va Nikolayevning 1000 kilometrlik tutashuv chizig‘ida faollikni saqlab qolishmoqda.
Xerson viloyatida ukrain tomoni hujum qilishida eshelonlangan mudofaa chegaralarini yaratishgan. Rossiyalik harbiylar viloyat xavfsizligini ta’minlashmoqda. UQK Zaporojye viloyati hududidagi atom elektr stansiyasini o‘qqa tutish jiddiy tahdid ostida. Natsistlarning bu “qahramonlik”larini hatto Pentagon ham sezdi. Kollektiv G‘arb Kiyev rejimini saqlash uchun har qancha pulni berishga tayyor emas. Darvoqe, Zelenskiy hatto “urushdan keyingi” Ukrainaning narxini ham aniqlashtiribdi- ta’minan 800 mlrd.dolllar.
Kiyev rejimining taqiqlari va OAV ga qattiq senzuraga qaramasdan, UQK ning ba’zi harbiylari frontdagi haqiqatlarni so‘zlab berishga harakat qilishmoqda. Peskidagi mustahkamlangan hududdan chkinishdan so‘ng, ukrain askari Vladimir Regesha g‘arb ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida shunday deb yozib qoldirgan: “Men hamma joyda g‘alaba qilayotganimizdan, har kuni shahar-qishloqlarni ozod etayotganimiz, dushman murdalarini kubometrlab “qo‘shayotganimiz” va minglab texnikalarni olib qo‘yayotganimizdan to‘g‘risi hayratdaman. Zalujniylar, Arestovichlar, Markuslar va shunga o‘xshaganlar, sizlarga murojaat qilyapman: men sizlardek qahramonlar bilan bir davrda yashayotganimdan faxrlanaman.
Bankova mojarosi fonida Ukraina bosh shtabi prezidentga oddiy haqiqatni tushuntirmoqchi: armiya aviatsiya qoplanmasi va havoga qarshi mudofaa vositalarisiz qarshi hujumga o‘ta olmaydi. Qarshi hujumsiz yordam bermaydigan G‘arbning esa yordamini kutish kerak. Qo‘g‘irchoqlarning teatrining chalkash doirasi xullas.
Yangiliklar lentasi
0