Jamiyat

Korruptsiyaviy xatarni aniqlash va baholash uslubiyoti tasdiqlandi

Vzyatka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Davlat tashkiloti tomonidan korruptsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1 martgacha baholanadi.
TOSHKENT, 1 sen — Sputnik. Adliya vazirligida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan ularning hududiy boʻlinmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlar faoliyatida korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Unga koʻra, davlat tashkiloti tomonidan korruptsiyaviy xavf-xatarlar har yili 1 martgacha baholanadi.
Korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash maxsus boʻlinma yoki ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tashkiloti faoliyatidagi (vazifa va funktsiyalardagi) korruptsiyaviy xavf-xatarlar ichki va tashqi axborot manbalari asosida aniqlanadi.
Korruptsiyaviy xavf-xatarlarning darajasi past, oʻrta, yuqori oʻlchovlarda baholanadi.
Korruptsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash natijalari asosida davlat tashkilotining umumlashtirilgan korruptsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi ishlab chiqiladi va “E-anticor.uz” elektron platformasiga har yili 1 fevralga qadar kiritiladi.
Platformada joylashtirilgan davlat tashkilotlarining korruptsiyaviy xavf-xatarlar xarita loyihalari asosida avtomatik ravishda korruptsiyaga moyil boʻlgan munosabatlar elektron reyestri shakllantiriladi.
Davlat tashkiloti rahbari har yili 1 martgacha korruptsiyaviy xavf-xatarlar xaritasi hamda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha dasturini “E-anticor.uz” elektron platformasi orqali tasdiqlaydi.
Yangiliklar lentasi
0