Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

MAGATE missiyasi ZAESga yetib keldi - video

© Sputnik / RIA Novosti / Mediabankka o‘tishDelegatsiya MAGATE na puti k Zaporojskoy AES
Delegatsiya MAGATE na puti k Zaporojskoy AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna bo‘lish
MAGATE missiyasi Rossiya nazorati ostidagi hududga kirishi bilan, Zaporojye AESi hududidni o‘qqa tutish to‘xtadi.
TOShKENT, 1 sen - Sputnik. Zaporojye shahridan yo‘lga chiqqan MAGATE missiyasi vakillari Zaporojye atom elektr stansiyasi hududiga yetib kelishdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Viloyat rahbarining aytishicha, missiya chegarani kesib o‘tgan vakqtdan boshlab, taxminan soat 13:00 dan so‘ng Ukraina tomoni Energodar shahrini va ZAES hududini o‘qqa tutishni to‘xtatgan.
Ayni damda Rafael Grossi boshchiligidagi delegatsiya vakillari Zaporojye AESining o‘qqa tutilgan va zarar ko‘rgan joylarini ko‘zdan kechirmoqda. MAGATE missiyasining Energodarga tashrifi katta shov-shouvga sabab bo‘ldi. Delegatsiya bilan birga dunyoning turli mamlakatlaridan, Jumladan Yevropa davlatlaridan kelgan 70dan ortiq jurnalistlar ham bor.
MAGATE delegatsiyasi 3-sentabrgacha Zaporoje AESda qolishni rejalashtirmoqda, bugun ular stansiyaning ish zali bilan tanishadi, so‘ngra reaktorlarga tashrif buyurishadi, dedi mintaqa rahbari. Shuningdek MAGATE ZAESda doimiy kuzatuv missiyasi tashkil qilishni ham rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0