Analitika

Rossiyalik ekspert Oʻzbekistonning eng muhim yutuqlarini sanab oʻtdi

© SputnikAndrey Grozin
Andrey Grozin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Markaziy Osiyo boʻyicha mutaxassis Andrey Grozin Oʻzbekiston mustaqilligining 31 yilligi arafasida Sputnik uchun Respublikadagi eng muhim oʻzgarishlarni tahlil qildi.
TOSHKENT, 1sen - Sputnik. Besh yil avval Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 26,6 milliard dollarni tashkil etgan boʻlsa, oʻtgan yil oxirida respublika bu koʻrsatkichni 42,1 milliard dollarga yetkazdi. Respublikaning iqtisodiy taraqqiyotga erishishga bir qator muhim islohotlar yordam berdi, deydi MDH davlatlari instituti Markaziy Osiyo boʻlimi boshligʻi Andrey Grozin.
Mutaxassis fikriga koʻra, Oʻzbekistonda amalga oshirilgan eng muhim islohotlar quyidagilardan iborat.

Iqtisodiy ilohotlar

1.
Valyuta ayirboshlashni erkinlashtirish
2.
Soliq islohoti. Tariflar qayta koʻrib chiqildi, biznes uchun jiddiy yengilliklar va imtiyozlar berildi.
3.
Iqtisodyotni tashqi bozorlar uchun "ochilishi". Mustaqillikning dastlabki yillarida Oʻzbekiston faqat oʻz imkoniyati bilan rivojlantirishga harakat qilgan edi. Sobiq Ittifoqning boshqa respublikalari bilan sanoat aloqalari uzilib qolgan oʻsha davrlar uchun bunday iqtisodiy siyosat maqbul boʻlgan boʻlsa-da keyingi yillarda u iqtisodini jiddiy cheklab qoʻygan edi.

Siyosiy islohotlar

Qoʻshnilar bilan munosabatlarni yaxshilash. Soʻnggi bir necha yil davomida Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik oʻrnatish, qoʻshni besh respublkalar aloqalarini iliqlashtirishga uchun juda katta hissa qoʻshmoqda.
Oʻzbekiston olib borayotgan tashqi siyosat barcha qoʻshni davlatlar tomonidan ijobiy kutib olindi. Buning natijasida barcha iqtisodiy aloqalar ham rivojlanishi uchun kuchli turtki oldi. Natijada biz hozir hududning logistik va iqtisodiy aolqalarining qayta tiklanayotganining va rivojlanayotganining guvohi boʻlmoqdamiz.
Bundan Oʻzbekiston ham iqtisodiy ham boʻlajak rivojlanish va yangilanish uchun qoʻshimcha impuls olmoqda.
Oʻzbekiston Moskva, Bryussel, Vashington, Pekin va Anqarada joylashgan dunyo kuch markazlari bilan bir maromdagi yaxshi munosabatlarni saqlab qolmoqda.

Grozin xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston oʻz tashqi siyosatini juda pragmatik ravishda olib bormoqda. U har bir davrada oʻz manfaatlaridan kelib chiqqan holda ish tutmoqda. Yaʼni har qanday xalqaro tashqilot doirasidagi hamkorlikda Oʻzbekiston oʻzining ichki iqtisodiy, logistik va ijtimoiy salohiyatidan toʻliqroq foydalanishga harakat qilmoqda va bunday siyosat oʻzining ijobiy natijalarini koʻrsatmoqda. "Menimcha, yaqinda Samarqandda boʻlib oʻtadigan SHHT sammiti ham buning yana bir dalili boʻladi", - dedi Grozin.

Ijtimoiy islohotlar

Fuqarolik muhitining yaxshilanishi. Maoshlar oshishi, mahalliy boshqaruv tizimlariga eʼtiborning kuchayishi va boshqa islohotlar Oʻzbekistonda ijtimoiy muhitni yaxshilashga hissa qoʻshayotgani ham aytib oʻtildi.

Rossiya bilan hamkorlik

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi munosabatlarni Grozin juda tez rivojlanayotgan va oʻzaro ishonchga asoslangan deb baholadi.
Xususan Grozin, Oʻzbekiston Rossiya OTMlarining eng koʻp filiallari joylashgan respublika ekanini qayd etdi. Shuningdek, bular Rossiyaning eng yetakchi oliygohlari filiallari ekani ham aytib oʻtildi.
Undan tashqari Rossiya biznesi Oʻzbekiston iqtisodiyotining muhim sohalariga investitsiyalar kiritayotganini va ularning rivojiga hissa qoʻshayotgani ham aytib oʻtildi.
Shuningdek, Rossiya va Oʻzbekiston davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlashda, harbiy-texnik sohada ham xavfsizlik sohalarida samarali hamkorlik qilayotgani qayd etildi.
Sputnik videosida Andrey Grozin bilan suhbatning toʻliq versiyasini tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0