Toqayev muddatidan oldin Qozog‘iston prezidenti saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi

© Foto : Press-slujba Prezidenta Respubliki KazaxstanKasim-Jomart Tokayev. Poslanie narodu Kazaxstana-2022
Kasim-Jomart Tokayev. Poslanie narodu Kazaxstana-2022  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2022
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonda prezident faqat bir marta 7-yil muddatga saylanishi mumkin bo‘ladi. Toqayev tegishli taklif bilan chiqdi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kuzda muddatidan oldin prezident saylovi o‘tkazilishini e’lon qildi.
“Men bu kuzda navbatdan tashqari prezident saylovini o‘tkazishni taklif qilaman. Adolatli Qozog‘istonni yaratish yo‘lidagi keng qamrovli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun xalqning yangi ishonch vakolati zarur”, - dedi u Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan murojaatnomasida.
Toqayev u uchun davlatning manfaatlari birinchi o‘rinda turishini ta’kidladi. Shuning uchun Toqayev vakolat muddatini qisqartirishga va muddatidan oldin prezident saylovini o‘tkazishga tayyor.
“Shuningdek, prezidentning vakolat muddati soni va davomiyligini qayta ko‘rib chiqish zarur. Men prezidentning vakolat muddatini 7-yillik bir muddat bilan cheklashni tavsiya qilaman. Qayta saylanish taqiqlanadi”, - dedi Qozog‘iston yetakchisi.
Eslatib o‘tamiz, Nursulton Nazarboyev iste’foga chiqishini e’lon qilgandan so‘ng Qozog‘istonda 2019-yil iyunida muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lib o‘tgan edi. Unda saylovchilarning 70,96 foiz ovozini to‘plagan Qasim-Jomart Toqayev g‘olib bo‘lgan edi. Uning vakolatlari 2024-yilda tugaydi. Qozog‘istonda prezident yashirin ovoz berish yo‘li bilan besh yil muddatga saylanadi. Mamlakat Konstitutsiyasida bir kishi ketma-ket ikki martadan ziyod qayta saylanmasligi belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0