Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Yevrokomissiya rahbari Rossiya gazi uchun narx chegarasini belgilashga chaqirdi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishGazodobivayushee predpriyatie kompanii «Ukrgazdobicha” vo Lvovskoy oblasti
Gazodobivayushee predpriyatie kompanii «Ukrgazdobicha” vo Lvovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2022
Obuna bo‘lish
Uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Rossiyaning quvur oriali Yevropaga yetkazib berilayotgan gazi uchun eng yuqori narxni joriy etishga dav’vat qildi.
“Rossiyadan Yevropaga quvur orqali kelayotgan gaz narxini cheklash vaqti kelganiga qat’iy ishonaman”, dedi u.
Bundan tashqari, Financial Times xabar berishicha, G7 mamlakatlari moliya vazirlari juma kuni bo‘ladigan uchrashuvda Rossiya nefti narxiga ham cheklovlar qo‘yish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirishmoqda.
Ular, shuningdek, Rossiya xomashosi xalqaro hamkorlar bilan kelishilgan narxda yoki undan past narxda sotib olinmasa, Rossiya nefti va neft mahsulotlarini dengiz orqali tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni taqiqlashni qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev aytishiga ko‘ra, neft va gaz narxi bozor tamoyillariga asoslanmagan holda belgilangan taqdirda Rossiya shunchaki ushbu mamlakatlarga uglevodorodlar sotishni to‘xtatadi.
Bir kun avval bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak ham Rossiyadan yoqilg‘i narxiga cheklov joriy etilishini qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlarga Moskva neft yetkazib bermasligini aytgan edi.
Ma’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operatsiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.
Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Yangiliklar lentasi
0