Jamiyat

Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli toʻliq toʻlab beriladi

© SputnikKoshelek s dengami
Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning oliy taʼlim muassasalarida oʻqishi moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlanadi.
TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Oʻzbekistonda yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning kontrakt puli toʻlab beriladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida keltirilgan.
Qayd etilishicha, har yili bazaviy toʻlov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga qabul qilingan ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlarning kontrakt toʻlovi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan toʻlab beriladi.
Bunda har bir hududdan oʻqishga kirgan 40 nafardan, ikkinchi va undan yuqori bosqichlarda tahsil olayotgan 110 nafar, jami 150 nafar xotin-qizlar uchun toʻrt yillik kontrakt qoplab beriladi.
Buning uchun ariza oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasiga berilishi kerak.
Avvalroq, 2022/2023 oʻquv yilida davlat OTMlarining barcha bosqich (bakalavriat va magistratura) talabalari uchun toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmasligi haqida xabar bergan edik.
Yangiliklar lentasi
0