Britaniyada yadro qurolini qo‘llashning ehtimoliy muddati aytildi

© Press-slujba prezidenta UkrainiVestminsterskiy dvores v Londone. Arxivnoe foto
Vestminsterskiy dvores v Londone. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Britaniyalik deputat yadro qurolini qo‘llashning ehtimoliy muddatini aytdi.
Britaniyada yadro qurolini qo‘llashning ehtimoliy muddati aytildi.
Britaniyalik deputat Tobias Ellvud yaqin 10-yil ichida yadro qurolidan foydalanish xavfi haqida gapirdi.
Kelgusi o‘n yil ichida dunyoda taktik yadro quroli qo‘llanilishi mumkin, dedi Britaniyaning hukmron Konservativ partiyasi deputati Times Radio efirida.
Uning fikricha, bu xalqaro maydonda keskinlik kuchayishi bilan bog‘liq.

"Biz nihoyatda og‘ir o‘n yillikda yashayapmiz. Dunyomiz o‘zgaradi. Qanchalik qo‘rqinchli bo‘lmasin, kelgusi o‘n yil ichida taktik yadro qurolidan foydalanishga guvoh bo‘lamiz", - deb taxmin qildi Ellvud.

Deputatning fikricha, Britaniyaga mamlakatga “juda og‘ir” o‘n yillikdan omon qolishga yordam beradigan “yangi Uinston Cherchill” kerak.
Mamlakat bosh vaziri lavozimi uchun kurashda ishtirok etayotgan Britaniya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Liz Truss avvalroq, agar kerak bo‘lsa, yadro qurolini ishga tushirish tugmachasini bosishga tayyor bo‘lishini aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0