Bugun qanday ob-havo kuzatiladi?

© unsplash.com/Nodir KhalilovOsen v Tashkente
Osen v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Bugun kunduz kuni O‘zbekiston bo‘yicha quruq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Shimol va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Havo harorati 34...39 darajani tashkil etadi.
Toshkent shahrida havo kam bulutli bo‘ladi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Maksimal harorat 35...37 daraja bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24...29 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0