“Gazprom” “Shimoliy oqim” faoliyatini butunlay to‘xtatdi

© Sputnik / Grigoriy SisoyevUchastok magistralnogo gazoprovoda "Severniy potok"
Uchastok magistralnogo gazoprovoda Severniy potok  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
“Shimoliy oqim”ning yagona ishlaydigan turbinasiga texnik xizmat ko‘rsatishda nosozliklar aniqlandi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi “Rostexnadzor”dan “Shimoliy oqim”ning yagona ishlaydigan turbinasiga texnik xizmat ko‘rsatishda nosozliklar aniqlangani haqida ogohlantirish oldi. Shu sababli nosozlik bartaraf etilmaguncha gaz quvuri faoliyati butunlay to‘xtatiladi, deya xabar berdi kompaniya matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, “Portovaya” kompressor stansiyasidagi Trent 60 gaz kompressor blokida rejali texnik xizmat ko‘rsatish chog‘ida yog‘ sizib chiqishi aniqlangan.
Rostexnadzor korporatsiyani bunday nosozliklar gaz turbinali dvigatelning xavfsiz ishlashiga xalaqit berishi haqida ogohlantirgan.
“Uskunaning ishlashiga oid kamchiliklar bartaraf etilmagunicha, “Shimoliy oqim” gaz quvurida gaz tashish butunlay to‘xtatildi”, - deyiladi “Gazprom” bayonotida.
Avvalroq, Rossiya davlat konserni “Gazprom” Portovaya kompressor stansiyasidagi yagona ishlayotgan Trent 60 gaz nasos agregati texnik xizmat ko‘rsatish va rejali profilaktika ishlari uchun 31-avgustdan 2-sentabrga qadar to‘xtatilishi haqida ogohlantirgan edi.
Ma’lumot uchun, iyun oyida “Gazprom” “Shimoliy oqim” quvuri orqali gaz yetkazib berishni keskin kamaytirdi. Rossiya tomoni yetkazib berish hajmi kamayishi faqat sanksiyalarga bog‘liq ekanini ta’kidlagan. Chunki sanksiyalar sabab “Siemens”ning xizmat ko‘rsatish va gaz o‘tkazuvchi agregatlarni ta’mirlash ishlari bilan muammolar yuzaga kelgan.
Yangiliklar lentasi
0