Gorbachov bilan vidolashuv: marosimga Dmitriy Medvedev va Alla Pugachova keldi – video

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishProshanie s Mixailom Gorbachevim
Proshanie s Mixailom Gorbachevim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Moskvada Gorbachov bilan vidolashuv marosimi boshlandi.
Ittifoqlar uyida bo‘lib o‘tayotgan marosim tushgacha davom etishi kutilmoqda.
Keyin SSSRning birinchi prezidenti Novodevichye qabristonida rafiqasi yoniga dafn etiladi.
Marosimga Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev va Rossiya estradasining bosh yulduzi Alla Pugachova ham keldi.
Shuningdek, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban tashrif buyurdi.
Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS) markaziy qo‘mitasining so‘nggi bosh kotibi va SSSRning yagona prezidenti Mixail Gorbachov 91 yoshida vafot etdi.
Mixail Gorbachov 1931-yil 2-martda hozirgi Stavropol o‘lkasi hududida tug‘ilgan. Gorbachov sovet davlatining so‘nggi rahbari va KPSS markaziy qo‘mitasining so‘nggi bosh kotibi edi — u bu lavozimni 1985-yilda egallagan.
Yangiliklar lentasi
0