Maktab darsliklari uchun ijara to‘lovi miqdori ma’lum bo‘ldi

© Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiBir dona darslik uchun ijara to‘lovi miqdori
Bir dona darslik uchun ijara to‘lovi miqdori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach, 1-oktabrga qadar amalga oshirishlari mumkin.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. 2022/2023 o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik uchun ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil qildi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublika maqsadli kitob jamg‘armasining Vasiylik kengashi darsliklar va mashq daftarlarining ijara to‘lovi miqdorlarini belgilagan.
Unga ko‘ra, joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘m (108 %)ga oshgan. Ijara to‘lovi summasini ota-onalar darslik to‘plamini to‘liq olgach 1-oktabrga qadar amalga oshirishlari mumkin.
© Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiBir dona darslik uchun ijara to‘lovi miqdori
Bir dona darslik uchun ijara to‘lovi miqdori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Bir dona darslik uchun ijara to‘lovi miqdori
Ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.
“Joriy yilda yangi darsliklarning chop etilish harajatlarining, xususan dunyo bozorida qog‘oz narxi (faqatgina 2022-yilning o‘zida qog‘oz narxi 60-70 foizga oshgan) va qog‘ozni mamlakatimizga yetkazib berish bo‘yicha transport harajatlarining keskin oshib ketishi, tabiiyki darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib keldi”, - deyiladi xabarda.
Quyidagi fuqarolar darslik ijara to‘lovidan ozod etiladi:
birinchi sinf o‘quvchilari;
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalarning farzandlari;
“Mehribonlik uy”lari tarbiyalanuvchilari;
Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchilari.
Qayd etish joizki, joriy yilda prezident farmoni bilan umumta’lim maktablarining 3-, 6-, 7- va 10-sinflari uchun to‘liq, shuningdek 2- va 3-sinf uchun mashq daftarlari, barcha sinflar uchun ingliz tili, nemis tili va rus tili fanlaridan jami 60 million nusxa yangi avlod darsliklari (2021 yilda 25 million darslik) chop etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0