Maktablardagi ichimlik suviga qanday sanitariya talablari qo‘yilgan?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBelaya rubashka s dlinnimi rukavami i pripodnyatim vorotnikom, kepka i xolod glavnoe orujie protiv Tashkentskogo solnsa
Belaya rubashka s dlinnimi rukavami i pripodnyatim vorotnikom, kepka i xolod glavnoe orujie protiv Tashkentskogo solnsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna bo‘lish
Ta’lim muassasalarida o‘quvchilar maxsus gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suv bilan ta’minlanishi kerak.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Ta’lim muassasalaridagi ichimlik rejimi statsionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida tashkil etilishi kerak. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari”da ichimlik rejimini ta’minlovchi tashkilotlarga talablar belgilangan.
Unga ko‘ra, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar maxsus gigiyenik talablarga mos toza ichimlik suv bilan ta’minlanishi kerak.
“Ta’lim muassasasidagi ichimlik rejimi quyidagi shakllarda tashkil etilishi lozim: statsionar suv ichish favvorachalari, idishlardagi kaynatilgan suv va qadoqlangan suv holatida”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘quvchilar ta’lim muassasasida qoladigan vaqt mobaynida suvdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Stansionar ichimlik favvorachalari 10 smdan kam bo‘lmagan vertikal suv oqimi atrofida chegaralab turuvchi doiraning bo‘lishi ham ko‘zda tutilishi kerak.
Agar tashkilot idishdagi suv orqali ichimlik rejimini tashkil etsa, u yetarli miqdordagi toza idishlar, shuningdek, toza va ishlatilgan chinni yoki fayans idishlar uchun alohida patnislar bilan ta’minlangan bo‘lishi shart. Bir martalik idishlarni to‘plash uchun maxsus konteynerlar bo‘lishi darkor.
Ta’lim muassasasiga keltiriladigan qadoqlangan suvning sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjati bo‘lishi shart.
Yangiliklar lentasi
0