Jamiyat

“Zagranpasport”ni olish osonlashtirildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZagranpasport grajdanina Uzbekistana
Zagranpasport grajdanina Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
“Zagranpasport"” uchun taqdim etilishi lozim boʻlgan maʼlumotnomalar soni qisqartirildi.
TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini olish boʻyicha eksterritorial tamoyil asosida istalgan Davlat xizmatlari markazi yoki ichki ishlar organlariga murojaat qilishi mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda qogʻoz koʻrinishidagi ariza-anketani toʻldirish amaliyotidan toʻliq voz kechilib, faqatgina elektron soʻrovnoma toʻldirish mexanizmi joriy etilgan.
Ayrim murakkab hollarda xizmat oluvchilar tomonidan taqdim etilishi lozim boʻlgan qator maʼlumotnoma va spravkalar qisqartirilgan.
Xususan, 18-27 yoshdagi harbiy xizmatga majburlar uchun – harbiy guvohnomaning yoki chaqiruv uchastkasida qayd etilganligi haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etish talabi bekor qilingan.
Bundan tashqari, voyaga yetmagan shaxslarga pasport olish uchun ota-onalar birgalikda murojaat qilgan hollarda, ulardan notarial tasdiqlangan rozilikni talab qilinmaydi.
Davlat xizmatini koʻrsatishning tegishli bosqichlari avtomatik ravishda sms-xabar yoʻllash orqali xabardor qilib boriladi, shuningdek YAIDXP yoki Davlat personallashtirish markazining rasmiy veb-sayti orqali tekshirib olish imkoniyati yaratiladi.
Voyaga yetmagan shaxslarga xorijga chiqish pasporti berishda ushbu voyaga yetmaganning hamrohlik qiluvchisi otasi va (yoki) onasi boʻlsa, ulardan hamrohlik qiluvchining notarial tasdiqlangan majburiyati talab etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0