Sport

Oston Oʻrunov “Ural” klubiga oʻtdi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka oʻtishOston Urunov, arxivnoye foto
Oston Urunov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonlik futbolchi Moskvaning “Spartak” klubi shartnomani bekor qildi.
TOSHKENT, 4 sen — Sputnik. Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Oston Oʻrunov Yekateringburgning “Ural” klubiga oʻtdi.
Rossiya futbol klubi xabariga koʻra, Oʻrunov jamoa tarkibiga erkin agent sifatida qoʻshilgan va 5 sentyabrdan boshlab mashgʻulotlarga kirishadi.
Avvalroq Oston Oʻrunov va Moskvaning "Spartak" jamoasi oʻrtasidagi shartnoma oʻzaro kelishuvga koʻra bekor qilingan edi.
21 yoshli futbolchi 2020 yil yozidan buyon “Spartak” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Futbolchi "qizil-oqlar" safida 9 ta oʻyinda ishtirok etib, bitta gol muallifiga aylangan. Oʻrunov 2020/21 yilgi mavsum oʻrtasidan boshlab "Ufa"da ijara asosida oʻynadi. Biroq klub mavsum yakuniga koʻra quyi ligaga tushib ketdi.
Yangiliklar lentasi
0