Bundestag deputati: Germaniya o‘zini xonavayron qilayotgan bir paytda, Rossiya daromad olmoqda

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishFlag Germanii nad zdaniyem Budestaga
Flag Germanii nad zdaniyem Budestaga  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Bundestag deputati Sara Vagenknext Germaniya o‘zining energetika sohasidagi qarorlari bilan o‘z sanoati yo‘q qilmoqda.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Germaniya energetika sohasidagi qarorlari bilan o‘zini xonavayron qilayotgan bir paytda, Rossiya narx ko‘tarilishi ortidan avvalgiga qaraganda ko‘proq daromad olmoqda. Bu haqda So‘l partiya fransiyadan bo‘lgan bundestag deputati Sara Vagenknext ma’lum qildi.
“Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi hozir rekord darajada daromad olyapti. Mutlaqo ravshanki, sanksiyalar Ukrainadagi mojaroni to‘xtatishga olib kelmaydi”, - dedi Vagenknext t-online nashriga bergan intervyusida.
Deputatning fikricha, Germaniya o‘z sanoati va o‘rta sinfini yo‘q qilmoqda va bu aqlsizlikdir.
“Biz o‘zimizni o‘zimiz xonavayron qilyapmiz, Rossiya esa narx ko‘tarilishi tkfayli avvalgidan ham ko‘proq pul ishlayapti. Putin bor ovozi bilan ustimizdan kulyapti”, - deya qo‘shimcha qilgan Vagenknext.
Ma’lumot uchun, G‘arb davlatlari Ukrainadagi maxsus operatsiya fonida Rossiyaning neft va gaz eksportidan keladigan daromadlarini cheklash bo‘yicha turli urinishlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, uglevodorodlari yetkazib beruvchi zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keladi va bu jarayon allaqachon boshlangan.
Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va kuchsizlantirish siyosati G‘arb davlatlari uchun uzoq muddatli strategiya ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini ta’kidlagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.
Rossiya sanksiyalar tufayli “pulga cho‘milyapti” – OAV
Yangiliklar lentasi
0