Hafta oxirlarida havo harorati pasayadi

© Sputnik / Aleksey DanichevV alleyax Mixaylovskogo sada v Sankt-Peterburge.
V alleyax Mixaylovskogo sada v Sankt-Peterburge. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Mintaqadagi quruq va sovuq ob-havo janub va g‘arbda yaxshigina yomg‘irli jarayonlarni kuchaytiradi – tafsilotlar.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Kelayotgan hafta oxirlarida shimol viloyatlarda antisiklon chekka qismi ta’sirida havo harorati pasayadi. Bu haqda O‘zgidromet mutaxassisi Erkin Abdulahatov ma’lum qildi.
Skandinaviya ustida shakllanayotgan sovuq antisiklon chekka qismi kelayotgan hafta oxirlarida O‘zbekistonning shimoliy qismiga, keyinroq haftaning yakshanba kunida esa respublikaning katta qismiga o‘z ta’sirini ko‘rsata oladi.
“Antisiklon hozirgi mavsumda bizning mintaqaga quruq va sovuq ob-havoni taqdim etadi. Ammo, u o‘z harakati davomida o‘ziga nisbatan janub va g‘arbda yaxshigina yomg‘irli jarayonlarni kuchaytiradi”, deyiladi xabarda.
Yevropa markazi va O‘rta Yer dengiz atrof mamlakatlari hafta boshida yomg‘irli mavsumga tayyorgarlik ko‘rishi kerak. Antisiklon o‘z ta’sir hududlarida havo haroratini joylarda iqlimiy meyordan 5-6 darajagacha pasaytiradi. Rus tekisligida mavsum uchun dastlabki "sovuq urish" (zamorosk) hodisalari kuzatilishi mumkin.
O‘zbekistonda hafta boshlarida antisiklon kirib kelishiga qadar issiq harorat kuzatiladi.
Yangiliklar lentasi
0