O‘zbekistonga eng ko‘p sayyohlar qayerdan kelayotgani ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishMinaret Kalyan v Buxare
Minaret Kalyan v Buxare - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
Respublikaga 7 oy davomida jami 2416,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekistonga yanvar-iyul oylarida eng ko‘p qozog‘istonlik sayyohlar tashrif buyurdi. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, respublikaga 7 oy davomida jami 2416,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda tashrif buyurgan.
Ushbu ko‘rsatkichni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 martaga (1296,8 ming nafarga) ortgan.
Turistik maqsadda tashrif buyurgan fuqarolarning eng ko‘pi Qozog‘istondan kelgan – 716,7 ming nafar. Keyingi o‘rinlardan Qirg‘iziston – 675,1 ming nafar va Tojikiston – 637,0 ming nafar fuqarolari o‘rin olishgan. Rossiyadan esa 247,2 ming nafar kishi kelgan.
Qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:
Turkiya – 38,6 ming nafar
Janubiy Koreya – 8,4 ming nafar
Germaniya Federativ Respublikasi - 8,0 ming nafar
Belarus – 7,7 ming nafar
AQSh – 6,3 ming nafar
Ukraina – 5,8 ming nafar
Hindiston – 5,2 ming nafar
Fransiya – 5,2 ming nafar
Ozarbayjon – 5,1 ming nafar
Isroil – 5,0 ming nafar
Buyuk Britaniya Birlashgan Qirollik – 4,7 ming nafar
Italiya – 3,0 ming nafar
Ispaniya – 2,5 ming nafar
Xitoy Xalq Respublikasi – 1,9 ming nafar
Yeron – 1,6 ming nafar
Afg‘oniston – 1,6 ming nafar
Kanada – 1,4 ming nafar
Gruziya – 1,3 ming nafar
Polsha – 1,3 ming nafar
Niderlandiya – 1,2 ming nafar
Turkmaniston – 1,1 ming nafar
Shveysariya – 1,1 ming nafar
Yaponiya – 1,0 ming nafar
Belgiya – 1,0 ming nafar
Shvetsiya – 1,0 ming nafar
Boshqa davlatlar – 19,9 ming nafar
Eslatib o‘tamiz, aprel oyida 269,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgandi.
Yangiliklar lentasi
0