O‘zbekistonliklar "Markaziy Osiyo maktabi-2022" da ishtirok etishi mumkin

© Pravitelstvo Kirgizskoy RespublikiPremyer-ministr Kirgizstana Ulukbek Maripov pribil s rabochey poyezdkoy v Respubliku Uzbekistan
Premyer-ministr Kirgizstana Ulukbek Maripov pribil s rabochey poyezdkoy v Respubliku Uzbekistan

 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna bo‘lish
"Markaziy Osiyo maktabi-2022" - ilmiy-ta’lim anjumani 17-20 oktabr kunlari Qirg‘izistonda yuzma-yuz formatida o‘tkaziladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. "Markaziy Osiyo maktabi-2022" - ilmiy-ta’lim dasturida ishtirok etish uchun arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda Toshkentdagi Rus uyi matbuot xizmati xabar berdi.
Gorchakov jamg‘armasining yillik ilmiy-ta’lim dasturi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi. Dastur interaktiv muloqot formatini taklif etadi. Ishtirokchilar mintaqa bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ladi, muzokaralar olib borish ko‘nikmalarini oshiradi.
Tadbir 17-20 oktabr kunlari yuzma-yuz formatda o‘tkaziladi. Ishchi tili rus tilidir. 15-sentabrgacha ishtirok etish uchun ariza topshirish mumkin.
Tadbirda ishtirok etishga quyidagi mutaxassislar jalb qilinadi:
xalqaro munosabatlar sohasidagi tadqiqotchilar, siyosatshunoslar, iqtisodchilar, huquqshunoslar, tarixchilar;
ixtisoslashtirilgan oliy o‘quv yurtlarining magistrantlari, aspirantlari va o‘qituvchilari;
xalqaro jurnalistlar;
xalqaro hamkorlik va xalq diplomatiyasi bilan shug‘ullanuvchi jamoat tashkilotlari vakillari;
yosh diplomatlar va davlat tuzilmalari vakillari.
Ishtirokchilarning yoshi 21 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lishi lozim. Ishtirok etish uchun jamg‘arma veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish, anketa to‘ldirish va Markaziy Osiyo mintaqasining yangi dunyo tartibidagi o‘zgarishi bilan bog‘liq mavzudagi besh ming belgigacha bo‘lgan insho/tahliliy ishni ilova qilish, shuningdek, motivatsiya xati kerak bo‘ladi.
Tashkilotchilar tadbir ishtirokchilarini anjuman doirasida turar joy, ovqatlanish va transport bilan ta’minlaydi. Viza va aviachipta xarajatlari, PZR-test hamda tibbiy sug‘urtani ishtirokchilarning o‘zlari qoplashi kerak.
Tashkilotchilar uchta eng yaxshi insho mualliflariga tadbir o‘tkaziladigan joyga borish va qaytish uchun yo‘l haqini to‘lash imkoniyatini taqdim etadi.
Yangiliklar lentasi
0