Rossiya

Putin Rossiyani haqiqiy Kunchiqar yurt deb atadi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka oʻtishPrezident RF Vladimir Putin
Prezident RF Vladimir Putin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya rahbari Rossiyani nega haqiqiy Kunchiqar yurt deb atash mumkinligini tushuntirdi.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani haqiqiy Kunchiqar yurt deb hisoblaydi, chunki Chukotkaning eng sharqiy qismi Yaponiyadan sharqroqda joylashgan.
“Jugʻrofiy jihatdan, men oʻylaymanki, Kamchatka haqida gapirishimiz kerak. Umuman olganda qoʻshnimiz Yaponiyani Kunchiqar yurt deb atashadi, biroq Yaponiyadan sharqroqda, menimcha, aynan Kamchatka yoki Saxalin joylashgan, yana sharqroqda Yangi Zelandiya joylashgan, Yangi Zelandiyadan sharqroqda esa Chukotka joylashgan. U yerda esa atigi 60 kilometr boʻgʻoz va tamom – undan narisi Amerika qitʼasi. Shu maʼnoda Kunchiqar yurt – bu Rossiya”, - dedi Putin Kamchatkada boʻlib oʻtayotgan ekologiya forumi ishtirokchilari bilan uchrashuvda.
Shu bilan birga Rossiya yetakchisi Rossiya birinchi navbatda u qayerda yashashiga qaramasdan insondan boshlanishini qayd etdi.
Yangiliklar lentasi
0