Amerika ikkinchi "Ukraina frontini" ochish haqida jiddiy o‘ylamoqda

© © AP Photo / U.S. Navy/Mass Communication Specialist 2nd Class Markus CastanedaMarkus Castaneda
Markus Castaneda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
AQSh harbiy tahlilchilari Rossiyaning Uzoq Sharqizda ikkinchi Ukraina frontini tashkil qilishni jiddiy muhokama qilishmoqda.
Ukraina dashtlaridagi "suvosti kemasi" haqidagi latifa yaqinda yangi talqinda ommaviylashdi. Muvaffaqiyatsiz qarshi hujum, Zaporojye AESiga hujum qilmoqchi bo‘lgan desantning bema’ni o‘limi, Ukraina tomonning askarlar va texnikalarida katta yo‘qotishlari sabab Vashington yana bahona to‘qishga majbur bo‘ldi.
“Balki boshqa burchakdan kirish kerakdir”- deb o‘ylab qolishdi amerikalik strateglar Rossiya xaritasiga qarab. Rossiya esa, hammaga ma’lumki, katta. Uning oxiri - juda uzoqda - Tinch okeanida. Donesk va Kuril orollari orasida 7,5 ming km masofa axir. To‘qqiz soat farq qiladi. Biroq bunday mayda masalalar bizning amerikalik hamkorlarimizni qachon to‘xtatib qolgan? AQShning harbiy tahlilchilari bizning Uzoq Sharqimizda ikkinchi Ukraina frontini yaratishni jiddiy muhokama qilishni boshlab yuborishgan.

“G‘arb Rossiyaning harbiy-dengiz qudratini to‘g‘ri baholay olmayapti”- deb g‘ussa chekmoqda AQSh Harbiy-dengiz kuchlari kotibining sobiq yordamchisi, iste’fodagi dengiz zobiti Set Kropsi. Axir Rossiya o‘z flotini muntazam takomillashtiradi, bazalar, shuningdek Oxotsk dengizida joylashganlarini ham doimiy mustahkamlab boradi. Kropsining tashvishlariga ko‘ra, “Rossiya Hind-Tinch okeanidagi AQSh koalitsiyasiga bosim o‘tkazishi mumkin”.

Harbiy tahlilchining katta maqolasi Gonkongda ro‘yxatga olingan Asia Times internet manbasida e’lon qilingan. Kropsi Ukraina mojarosida Rossiya Harbiy-dengiz floti “har qanday boshqa qattiq kuch vositalariga qaraganda kamroq jangovar talofatlarga uchraganidan” zorlanmoqda va Tinch okeanida Rossiya bilan qarama-qarshilikka o‘tish orqali vaziyatni to‘g‘irlashni taklif qilmoqda.
Uzoq Sharqdagi Rossiya flotiga tahdidlar tashkil qilish Ukrainada maxsus operatsiya o‘tkazish bilan bog‘liq qiyinchiliklarni kuchaytirishi kerak. Mantiq shunday: ukrainlar tugab borayotgan ekan, kelinglar Rossiyaga Tinch okeanidan bosim o‘tkazamiz, chiqmagan jondan umid, balki ish berib qolar.
Yo‘q, Ukrainaning bu yerga umuman dahli yo‘q, bu tushunarli. Haqiqiy muammo shundaki, Rossiyaning keng ko‘lamli maxsus operatsiyasi Vashingtonning Xitoyga qarshi keng ko‘lamli provokatsiya o‘tkazish rejalarini chippakka chiqardi.
Bir yil avval amerikalik siyosatdonlar “Rossiya va Xitoyni jilovlab turishni” mutlaqo oshkora muhokama qilar edi. “Amerika ikkita frontdan urushga bardosh bera oladimi”- deb o‘zlariga savol bera boshlagan edi ekspertlar jamiyati. Aniqki, javobi ham savolning o‘zidan kelib chiqqadi- albatta yo‘q, bardosh bera olmaydi.
O‘shanda ko‘p yo‘nalishli ishlar o‘ylab topilgan. Ya’ni, amerikancha gegemoniyaning qutqarish uchun atigi bir-ikkita yo‘nalish. Avval amerikaliklar proksi-ukrainlarning ko‘li bilan Rossiyaga qarshi mojaroni rivojlantirishdi. Rossiya tezda yutqazadi, tovon to‘laydi va tazarru qiladi deb o‘ylashdi. Ikkinchi yo‘nalish bo‘yicha esa amerikaliklar proksi-tayvanliklarni Xitoyga qarshi qayraydi. Pekin ham tezda yutqazadi, tovon to‘laydi va tavba-tazarru qiladi deb o‘ylashdi. Vashington esa xursandlikdan bazmu jamshid qiladi, uning vassallari esa dahshatdan qotib qolib, uning og‘ziga qarab qolishadi. Mag‘lub bo‘lgan derjavalar g‘olib oyog‘i ostiga pullar, shon-shuhrat, neft, gaz, yarimo‘tkazgichlar va o‘zlarining katta yadroviy qurollarini olib borishadi.
Lekin to‘satdan, rejalar chipakka chiqdi. Yoz mavsumiga kelib, amerikaliklar bu yo‘nalishlar ish bermasligini anglashdi. NATOning hamma qurollarini Ukrainaga jo‘natishsada, Rossiyani mag‘lub qilish qo‘ldan kelmayapti. Shunday murakkab vaziyatda Xitoy bilan harbiy qarama-qarshilik boshlash kerakmi? Mantiqsizlik, ammo undan boshqa yana nima qilish mumkin?
“Skeptiklar nohaq: AQSh bir vaqtning o‘zida Rossiyaga ham, Xitoyga ham qarshi turishi mumkin”, - deb The Washington Post o‘rtaga tushdi. Umidbaxsh ko‘p yo‘nalishlik rejalar bitta muammoga qaratilgan bir yo‘nalishlik rejaga aylanib qoldi. “Amerikaliklarning xorijiy intervensiyalariga nisbatan chuqur ishonchsizligiga qaramay, - deydi gazeta, - AQSh zamonaning ikkita eng yirik yadroviy derjavalariga bir vaqtning o‘zida qarshi tura olishi mumkin”.
Albatta bu strategiya “aqli zaiflikdan oqibatida paydo bo‘lgan jasorat” uslubida. Bu ikkita derjava o‘rtasida qandaydir qarama-qarshiliklar bo‘lsa ham mayli edi. Balki shunda, ularni mag‘lub etish mumkin bo‘lardi. Biroq, Rossiya va Xitoy ayni paytda o‘z tarixlaridagi munosabatlarning eng yaxshi bosqichida. Va bu faqat savdo-sotiq, siyosiy hamkorlik emas, balki muntazam qo‘shma mashg‘ulotlarda ham o‘z aksini topgan. Jumladan, potensial xavfli bo‘lgan nuqta - Yapon dengizida ham.
Rossiya va XXRning umumiy harbiy salohiyati haqida to‘xtalishga hojat yo‘q. Ayniqsa, bizning resurslarimiz va texnologiyalarimiz va Xitoy sanoat ishlab chiqarish salohiyati uni doimiy to‘ldirib borishga imkon bor. Ammo NATO davlatlarida bunday imkoniyat yo‘q.
“Ikki armiyaning (Rossiya va XXR) ommaviy modernizatsiyasi AQShning ustunliklarini bosqichma-bosqich yo‘qqa chiqaradi”, - deb xavotir bildirishmoqda amerikalik harbiy tahlilchilar. Va qo‘shimcha qilishlaricha, “vaholanki, ular o‘rtasida rasmiy ittifoq ehtimoli kam, Pekin va Moskvani xavfsizlik sohasida umumiy manfaatlar, energetika va iqtisodiyot bo‘yicha aloqalar, shuningdek, AQSh rahbarligida asos solingan dunyoviy tartibga nafrat birlashtiradi”. Hammasini to‘g‘ri sezibsiz, janoblar. Ayniqsa, nafrat haqida barchasi ayni haqiqat.
“Rossiya va Xitoy yadroviy qurollanish poygasida allaqachon AQShni ortda qoldirishgan” -, deydi yana bir amerikalik ekspert va o‘z maqolasida ikki mamlakat jangovar kallaklari miqdorini erinmasdan sanab beradi.
Harbiy nuqtayi nazardan Vashingtonning global masxarabozligini hazm qilish qiyin. Umuman, shunday bo‘lishi mumkinmi? Amerika armiyasi va flotni deyarli butun dunyoga, Filadelfiyadan Bosforgacha, Qora dengizdan Tayvangacha cho‘zish?
Biroq, Amerika siyosatining jarchisi The Washington Post masalaning bu tomonlariga e’tibor bermaydi. Ularning o‘z haqiqatlari borda chunki. Bilasizmi, ular ikki frontdagi g‘oyalarini qanday dalillar bilan oqlashadi? Axir AQSh Rossiya va Xitoyga o‘z kuchini namoyish etib qo‘ygan. Rossiyaga iddao qilib ular Finlyandiya va Shvetsiyani NATOga a’zo qilib olishdi. Xitoyga iddao qilib Tayvanga Nensi Pelosini jo‘natishdi. Axir bu haqqoniy g‘alaba, tushunarli emasmi?
Hazil o‘z o‘rniga. Biroq amerikalik “qiyg‘irlar” bunday axborot uchun sahnalashtirishlardan bizning Uzoq Sharqimizda navbatdagi provokatsiyalarni tayyorlashda foydalanishlari mumkin. Tarixni eslaymiz. Qrim urushi paytida Britaniya va Fransiya harbiy kemalari ham Petropavlovskka jadal kirib borishgan edi. Konstantin Simonovning ushbu unutilgan harbiy harakatlar haqida ajib she’ri bor va u “Poruchik” deb nomlanadi. O‘shanda Kuril orollaridan bittasi inglizlar tomonidan bosib olingan edi. Inglizlar uni bir necha oy ushlab turishdi. Rossiyaga qarshi bir nechta frontlar bo‘ylab urush qilish g‘oyalari hamkorlarimizda doim bo‘lgan.
Bizni Uzoq Sharqda nimalar kutapti? Birinchidan, axborot urushi. Anglo-sakson OAVlari Rossiya Tinch okeani mintaqasining qayerigadir hujum qilayotgani, nimadirlar deb tahdid qilayotgani va o‘zini yomon tutayotgani haqida yozadi. Bu yoqimsiz xor Rossiya va Xitoy flotining qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlari davomida “yangrab turadi”. Amerikancha diversiyalar va provokatsiyalarning axborot ta’minoti faqat - “hammasiga Rossiya aybdor” degan bitta g‘oya asosida davom etadi.
Ikkinchidan, amerikaliklar xitoylik "o‘rtoqlarini" qo‘zg‘atish va tayvanlik o‘z izdoshlarini faollashtirish uchun Tayvan bo‘g‘oziga burnini suqadi. Yaqindagina Davlat departamenti Amerikaning Tayvanga qurol yetkazib berishini tasdiqladi. Shartnoma narxi millard dollardan ko‘p. Shuningdek, unda Amerika radiolokatsion stansiyalari, yana partizanlari ham bo‘ladi. Demak yangi "olovli nuqta" yaratish uchun hammasi tayyor.
Va nihoyat, amerikaliklar bizning chegaralarimiz yaqininida bevosita keng ko‘lamli mashg‘ulotlar olib borishlari mumkin. O‘sha Set Kropsi bu borada butun reja ishlab chiqqan. Boshlanishiga Oxotsk dengizida yadroviy qurol bilan ta’minlangan suvosti kemalarimiz bazalaridan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Amerika va Yaponiya harbiy kemalari ishtirokida keng ko‘lamli suvosti kemalariga qarshi mashg‘ulotlar tashkil qilish.
Bundan tashqari “Vashington bu mashg‘ulotlarda hatto Saxalin va Kuril orollaridagi Rossiya pozitsiyalariga desant hujumlarini imitatsiya qilib, o‘z ekspeditsion zarba guruhlaridan birini qo‘llashi mumkin”, - deydi Kropsi: “Shunday qilib AQSh Rossiyaning ikkinchi yadroviy zarba vositalariga bosim o‘tkazishini namoyish etishi mumkin”. Bu Rossiyani harbiy kuchlarini Uzoq Sharqqa yo‘naltirishga majbur qiladi va uning Ukrainadagi harbiy qudratini kamaytiradi”.
Umuman olganda, amerikalik harbiylar zudlik bilan ikkinchi ukrain frontini ochishga- iloji boricha Tayvanga yaqinroq joyda tashkillashtirishga harakat qilishmoqda. Xuddi birinchisida bo‘lgani kabi, amerikaliklarning u yerda ham mag‘lub bo‘lishiga esa shak-shubha yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0