“Dushanbe-Toshkent” yo‘nalishidagi poyezd chiptalariga chegirma joriy qilindi

© Xokimiyat Surxandarinskoy oblastiPassajirskiy poyezd mejdu Tadjikistanom i Uzbekistanom zapustat s 20-iyunya
Passajirskiy poyezd mejdu Tadjikistanom i Uzbekistanom zapustat s 20-iyunya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qatnovchi halqaro yo‘lovchi poyezdi chiptalariga 20% chegirmalar berildi.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishidagi 301/302-sonli halqaro yo‘lovchi poyezdning chiptalariga 20% chegirmalar joriy qilindi. Bu haqida “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar berdi.
Qayd etilishicha, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va “Rohi ohani Tojikiston” DUK rahbariyatlari ishtirokida o‘tkazilgan muzokaralarda O‘zbekiston va Tojikiston davlatlari o‘rtasida qatnovchi halqaro yo‘lovchi poyezdlarning chiptalar narxini pasaytirish masalasi ko‘rib chiqildi.
Unga ko‘ra, 6-sentabrdan boshlab “Dushanbe-Toshkent-Dushanbe” yo‘nalishidagi halqaro yo‘lovchi poyezdining chiptalariga belgilangan chipta narhining tarif qismiga qo‘shimcha 20% chegirma berilishiga qaror qilindi.
Yangiliklar lentasi
0