Dunyoda

Gʻarb Putinga qarshi sanktsiyalar hosilini oʻrmoqda – Erdogʻan

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turtsii R. T. Erdoganom
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Turtsii R. T. Erdoganom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turkiya prezidentining soʻzlariga koʻra, Gʻarbning energetika inqiroziga tushib qolishiga uning oʻzi aybdor.
TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdogʻanning taʼkidlashicha, energetika inqiroziga tushib qolgan Gʻarb oʻz ekkanini oʻrmoqda. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

“Bizda gaz bilan bogʻliq hech qanday qiyinchiliklar yoʻq. Gʻarb haqiqatda oʻz ekkanini oʻrmoqda. Gʻarbning munosabati, hurmatli Putinga nisbatan pozitsiyasi, sanktsiyalar bunga olib keldi. Putin oʻzida mavjud barcha qurollardan foydalanmoqda. Afsuski, shunday vaziyat yuzaga keldi va menimcha, Gʻarbda qish juda qattiq boʻladi. Bizda bunday muammo yoʻq”, - degan Erdogʻan matbuot anjumanida.

Rossiyaning Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilish boʻyicha maxsus operatsiyasi boshlanishi bilan Gʻarb Moskvaga nisbatan sanktsiyalar bosimini kuchaytirdi. Koʻpgina davlatlar Rossiya aktivlarini muzlatish haqida eʼlon qildi, Rossiyadan energiyadan voz kechishga chaqiriqlar kuchaydi. Bu choralar Yevropa va Qoʻshma Shtatlar uchun muammo boʻlib, oziq-ovqat va yoqilgʻi narxining oshishiga olib keldi.
Yangiliklar lentasi
0