Istoriko-etnograficheskiy park Vechnыy gorod, voshedshiy v sostav mejdunarodnogo turisticheskogo kompleksa Velikiy shelkovыy put, otkrыlsya v Samarkande. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
SHHT-2022: Samarqand sammiti
Samarqand 15-16 sentyabr kunlari Shanxay hamkorlik tashkilotining (SHHT) davlat rahbarlari kengashi majlisiga mezbonlik qiladi.

Kiberterrorchilik SHHT doirasida birgalikda kurashishni talab etadi - Ruslan Mirzayev

© Sputnik/Anna JelixovskayaV Tashkente nachal rabotu forum po informatsionnoy bezopasnosti SHOS
V Tashkente nachal rabotu forum po informatsionnoy bezopasnosti SHOS - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Kiberterrorchilik uchun chegaralr yoʻqligi, unga qarshi birgalikda kurashishni talab qiladi, dedi SHHT MATT direktori.
TOSHKENT, 6 sen–Sputnik. Kiberterrorizmga qarshi kurash – SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) oʻz axborot tizimlari xavfsizligini taʼminlash zaruratini tugʻdirdi, dedi SHHT MATT ijroiya qoʻmitasi direktori Ruslan Mirzayev Toshkentda boʻlib oʻtayotgan SHHT axborot xavfsizligi ilmiy-ekspertlar Forumida.
Mirzayevning aytishiga koʻra, SHHT MATT axborot xavfsizligi - shaxs, jamiyat va davlat hayotini taʼminlashning ajralmas qismi boʻlib, bugungi kunda kiberjinoyatchilik eng yosh, tez rivojlanayotgan jinoiy faoliyat turi boʻlib, xalqaro huquq normalari uning rivojlanishi bilan hamqadam emas.
“Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish, hamkorlikni chuqurlashtirish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish davlatlararo hamkorlikning eng ommabop yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda”, — dedi u.
Undan tashqari, kiberjinoyatchilikning transchegaraviy tabiati milliy saʼy-harakatlarni mintaqaviy darajadagi jamoaviy harakatlar bilan toʻldirishni taqozo etadi”, - deydi Mirzayev.
SHHT MATT raisi soʻzlariga koʻra, axborot xavfsizligini taʼminlashda muvaffaqiyatga erishish uchun xalqaro miqyosda maʼmuriy qoidalar va huquqiy normalarni oʻz ichiga olgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish masadga muvofiq. Xususan, zararli kontentni ishonchli filtrlash va blokirovka qilish, uning tarqalish manbai boʻyicha samarali qidiruvni amalga oshirish va boshqalar.
Shuningdek, Mirzayev aytishiga koʻra, “ekstremistik mafkura bilan toʻyingan auditoriyani zararsizlantirish” tizimini yaratish zarur.
“Kiberterrorizmga qarshi kurashish sohasidagi SHHT MATT aʼzolari oʻz axborot tizimlari va maʼlumotlar bazalarining xavfsizligini taʼminlashi hamda SHHT davlatlari xavfsizlik idoralari orasida terrorchi tashkilotlar va ularning rahbarlari va aʼzolari, ularning bir joydan ikkinchi joyga koʻchishi kabi muhim tezkor maʼlumot almashishning xavfsiz tizimini yaratish zaruratini keltirib chiqardi”, — deya qoʻshimcha qildi Mirzayev.
Eslatib oʻtamiz, bugun 6 sentyabr kuni Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotining axborot xavfsizligi boʻyicha ilmiy-ekspert forumi oʻz ishini boshladi.Unda SHHTga aʼzo davlatlarning tegishli vazirlik, idoralari, ilmiy-akademik va tahliliy doiralari vakillaridan iborat 30 nafardan ziyod yetakchi ekspertlar ishtirok etishmoqda.
Forum kun tartibi uchta asosiy mavzlarga oid sessiyaga boʻlingan:
1.
Axborotdan foydalanish koʻlamini kengaytirish – zamonaviy jamiyatni rivojlantirishning muhim omili.
2.
Axboriy-gʻoyaviy xatarlar va bunday tahdidlarga qarshi samarali javob choralarini ishlab chiqish.
3.
AKT jadal rivojlanishi sharoitida nozik axborot infratizimi obʼyektlarini himoya qilish.
Yangiliklar lentasi
0