Dunyoda

Lavrov Trassga Makronga nisbatan pozitsiyasini aniqlab olishni maslahat berdi

© Press-slujba MID RF / Mediabankka oʻtishMinistr inostrannыx del RF Sergey Lavrov
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Lavrov: Liz Trass Frantsiya yetakchisi Emmanuel Makronga nisbatan oʻz pozitsiyasini aniqlab olishi kerak.
TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Liz Trass avvalo eng yaqin qoʻshnilari bilan kelishib olishi, xususan, Frantsiya yetakchisi Emmanuel Makronga nisbatan oʻz pozitsiyasini aniqlab olishi kerak. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taʼkidladi.

“Oʻylaymanki, Liz Trass uchun Rossiyaga nisbatan ataylab salbiy pozitsiyasini shakllantirishdan oldin, eng yaqin qoʻshnilari bilan muomala qilish muhimroq boʻladi, shu jumladan, prezident Makron uning uchun doʻstmi yoki dushmanmi? Menimcha, ikki qoʻshni oʻz chegaralaridan uzoqqa koʻz tikishdan koʻra, bu bilan shugʻullanishi muhimroq boʻlardi”, - dedi Lavrov seshanba kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida.

Trass kecha, 5 sentyabr kuni Britaniya Konservativ partiyasi rahbari etib saylandi, bugun esa u mamlakat bosh vaziri boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0