Peskov Putin qachon Donbassga borishi mumkinligini aytdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF, verxovniy glavnokomanduyushiy Vladimir Putin na Glavnom voyenno-morskom parade po sluchayu Dnya Voyenno-morskogo flota RF. Sprava: ministr oboroni RF Sergey Shoygu
Prezident RF, verxovniy glavnokomanduyushiy Vladimir Putin na Glavnom voyenno-morskom parade po sluchayu Dnya Voyenno-morskogo flota RF. Sprava: ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat bu hududlarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarga ega.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “vaqti kelganda” Donbasga tashrif buyuradi. Bu haqda uning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidladi.
“Prezidentning safariga kelsak, vaqti kelsa, bunday safar ham bo‘lishiga shubha qilmayman”, dedi u.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, davlat bu hududlarni rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalarga ega.
“Qurilish davom etayotganini, yangi obyektlar ishga tushirilayotganini, hayotni ta’minlashning barcha tizimlarini tiklash bo‘yicha qizg‘in sa’y-harakatlar qilinayotganini ko‘rapsiz. Bular suv ta’minoti, elektr ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari. Ishlar faol olib borilmoqda, u yerda ko‘p minglab odamlar ishlaydi”, deya qo‘shimcha qildi Kreml matbuot kotibi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainani denatsifikatsiya va demilitarizatsiya qilish bo‘yicha harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning vazifasi “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, yakuniy maqsad Donbassni ozod qilish va Rossiyaning o‘zi xavfsizligini kafolatlaydigan shart-sharoitlarni yaratishdir.
Yangiliklar lentasi
0