Rossiyada maymun chechagiga qarshi zamonaviy vaksina yaratildi

© Pexels / Artem PodrezAmpula s vaksinoy, illyustrativnoe foto
Ampula s vaksinoy, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyaning Federal tibbiyot-biologik agentligi ishlab chiqqan vaksinaning klinikoldi tadqiqotlari o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiyaning Federal tibbiy-biologik agentligi (FMBA) maymun chechagiga qarshi zamonaviy vaksinani ishlab chiqdi. Bu haqda agentlik rahbari Veronika Skvorsova ma’lum qildi.
“Hozir maymun chechagiga qarshi zamonaviy vektorli vaksina ishlab chiqilgan, hozir uning klinikoldi tadqiqotlari o‘tkazilmoqda”, - dedi Skorsova Sharqiy iqtisodiy forumning “Dori-darmon xavfsizligi" sessiyasida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Dastlabki klinik tadqiqotlariga ko‘ra, vaksina yuqori imunnogenlikka ega va xavfsiz. Jiddiy nojo‘ya ta’sirlari yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya O‘zbekistonga “Vektor” markazi ishlab chiqqan maymun chechagini aniqlaydigan testlarni yuborgani xabar qilingan edi.
O‘zbekistonda maymun chechagi kasalligi qayd etilmagan. Kasallikning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida “Maymun chechagi uslubiy qo‘llanmasi” loyihasi tayyorlangan. Respublika chegara-bojxona postlarida sanitariya-karantin punktlarining ish faoliyati kuchaytirilgan.
Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqadi. Bu odatda yengil holat bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, keyin tananing boshqa qismlariga tarqaladigan toshma paydo bo‘lishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0