Rossiyalik o‘qituvchilar O‘zbekistondagi maktablarda dars berish uchun keladi

© Sputnik/Zafar XalilovKak proxodit perviy zvonok v Tashkente
Kak proxodit perviy zvonok v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya ta’lim vazirligi ko‘magida “Xorijdagi rus o‘qituvchisi” loyihasi amalga oshirilmoqda.
TOShKENT, 6 sen — Sputnik. Rossiyaning 350 dan ortiq o‘qituvchilari yaqin va uzoq xorij mamlakatlariga dars berish uchun boradilar. Bu haqida Rossotrudnichestvo xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya ta’lim vazirligi ko‘magida “Xorijdagi rus o‘qituvchisi” loyihasi amalga oshirilmoqda. O‘qituvchilar mamlakatning 49 viloyatidan qamrab olingan.
Unda 7 ta xorijiy davlatdan: Qirg‘iziston, Vetnam, Serbiya, O‘zbekiston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston va Turkiyadan 200 ta maktab ishtirok etmoqda.
“O‘qituvchilar rus tili bilan bir qatorda boshqa bir qator umumta’lim fanlarini ham rus tilida o‘rgatadilar”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0