Sport

Shashka: Oʻzbekiston Jahon chempionatida 7ta medalni qoʻlga kiritdi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Jahon chempionat
Jahon chempionat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻizistonda 64 katakli shashka boʻyicha imkoniyati cheklangan sportchilar oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar muvafaqiyatli ishtirok etishmoqda – tafsilotlar.
TOSHKENT, 6 sen — Sputnik. Qirgʻizistonda 64 katakli shashka boʻyicha imkoniyati cheklangan sportchilar oʻrtasida boʻlib oʻtayotgan jahon chempionatida oʻzbekistonlik sportchilar 3ta oltin, 3ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Mazkur turnirda 13 nafar oʻzbekistonlik sportchi mamlakat sharafini himoya qilishmoqda. Dastlab rapid yoʻnalishida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi.
23 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Fayzulla Mardiyev, shu yoshdagi qizlar oʻrtasida Odina Shovdirova hamda erkaklar oʻrtasida Bahodir Ubaydullayevlar chempionga aylanishdi.
Shuningdek, 23 yoshgacha boʻlgan oʻgʻil bolalar oʻrtasida Abbosjon Ravshanov, 23 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Mahbuba Halilova, ayollar oʻrtasida Charos Balikovalar kumush hamda 23 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Sadoqat Tulibayeva bronza medaliga ega chiqishdi.
Musobaqalar 15 sentyabrgacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0