Onkologiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sogʻligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli maʼlumotlar bor.

Shifokor dengiz va daryo baliqlarining foydali xususiyatlarini solishtirdi

© Sputnik / Yevgeniya Novojenina / Mediabankka oʻtishOxlajdennaya rыba
Oxlajdennaya rыba - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Dengiz va daryo baliqlarining foydali xususiyatlari oʻrtasidagi qanday farq bor? Shifokor diyetolog bu haqida Sputnik radiosiga batafsil aytib berdi.
Inson ratsionida ham dengiz ham daryo baliqlari boʻlishi kerak, chunki ularning tarkibi va foydali xususiyatlari turlicha, deydi diyetolog, terapevt, Rossiya diyetologlari va oziq-ovqat sanoati mutaxassislari ittifoqi aʼzosi Aleksandra Razarenova.
"Daryo baliqlarida yod va "D" vitamini kamroq, ammo ularda "B" guruhi vitaminlari, magniy va temir koʻproq. Dengiz baliqlari koʻpincha yogʻli, omega-3, omega-6 va antioksidantlarga boy, ularda yod koʻproq. Xullas, ham daryo ham dengiz baliqlari organizm uchun foydali, asosiysi, baliq ekologik toza suv havzalarida tutilgan boʻlsa boʻldi”, - deya qoʻshimcha qildi Aleksandra Razarenova.
Oziqlantirish mutaxassisi baliqni tanlashda uning yogʻliligiga eʼtibor berishni maslahat beradi.
"Kaloriyasiz diyetaga rioya qilganlar baliqning qizil navlarini (dengiz ham, daryo ham, - tahr.) suiisteʼmol qilmasliklari kerak, chunki ular yogʻliroq va toʻyimliroq. Lekin kishi har doim ham faqat baliqning kam kaloriyali "oq" navlardan foydalanmasligi kerak. Chunki ularda foydali yogʻ kislotalari kamroq boʻladi. Eng yaxshisi - har xil turdagi baliqlarni, yogʻli va yogʻsizlarini navbat bilan isteʼmol qilgan maʼqul", - deb tavsiya qiladi Aleksandra Razarenova.
Dengiz baliqlarini sotib olayotganda, shok muzlatilganlarini tanlash maʼqul, deydi mutaxassis.
“Qoʻlga olingan baliq toʻgʻridan-toʻgʻri kemada yoki eng yaqin qirgʻoq zonasida kuchli havo oqimi va minus 30 gradusgacha boʻlgan haroratli muzlatgichlarda muzlatilgan boʻlsa, baliq koʻproq foydali xususiyatlarini, toʻqima tuzilishi va taʼmini saqlab qoladi, - dedi Aleksandra Razarenova. - Lekin shuncha muz ustida saqlangan baliqdan men ehtiyot boʻlgan boʻlardim. Ayniqsa siz qirgʻoqdan uzoqda yashasangiz".

Daryo baliqlariga ehtiyotkorlik bilan issiqlik bilan ishlov berish kerak, chunki chuchuk suv - gelmintlar uchun ideal koʻpayish joyidir, deb ogohlantirdi shifokor. Ushbu mahsulotni faqat ishonchli yetkazib beruvchilardan sotib olish kerak va yaxshilab termal ishlov berilganidan soʻng itseʼmol qilish kerak, dedi u.

Yangiliklar lentasi
0