Kiyev boshqa MAGATE topadi

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishMissiya MAGATE posetila Zaporojskuyu AES
Missiya MAGATE posetila Zaporojskuyu AES - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
Kiyev: "Bu MAGATE missiyasi umidlarni oqlamadi - biz boshqasini topamiz". Birozdan so‘ng boshqa missiya yoki muqobil hisobot e’lon qilinsa ajab emas.
Rafael Grossi boshchiligidagi missiya xulosalari bo‘yicha MAGATEning kechagi hisoboti hikoyasi hali tugamagan. Bu mavzuda boshqa hisobot yoki boshqa qog‘oz bo‘lishini ishonch bilan taxmin qilishimiz mumkin. Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik 52 sahifali hisobot yozgan. Shuning o‘zi yetarli bo‘ladimi? Bizning yana boshqa ekspertlar, agentliklar yoki hisobot beruvchilar bo‘ladi.
Chunki Kiyevda bir necha kun oldin aynan shunday va’da berishdi - muqobil tekshiruvlar, qandaydir o‘ziga xos yadroviy audit ... MAGATEdan tashqari buni qiladigan hech kim yo‘qmi? Bu kulgili emas. Topiladi ham.
Grossi va uning jamoasi ehtimoliy muammolarga duch kelmaslik va hisobotda "ortiqcha narsa" yozib qo‘ymaslik uchun yog‘da qovurilgan baliqdek egilib-qiyshayishdi. Hisobotda faqat AESning qayeri va qanchalik vayron bo‘lgani btafsil ko‘rsatilgan, lekin kim tomonidan vayron qilinganini hech kim bilmaydi. Hisobotda AESni kim o‘qqa tutayotgani aniq ko‘rsatilmagan...
Shu bilan birga, unda "umumiy kelishuv asosida" himoya zonasini yaratish zarurligi haqidagi "ajoyib" orzumand g‘oya ilgari surilgan. AESni o‘zi kim o‘qqa tutayapti degan CNNning to‘g‘ridan-to‘g‘ri savoliga, Grossidan "bunday narsalar uning vakolatiga kirmasligini" aytdi. Xullsa, unga achinsa bo‘ladi.
Kiyev nuqtayi nazaridan, Grossi u yerga umuman kelmasligi kerak edi. Kiyev missiya amalga oshirilmasligi uchun hamma ishni qildi. Lekin buning iloji bo‘lmagach, unga boshqa rol tayinlandi: rejaga ko‘ra ukrainaliklar diversantlar stansiyani egallab olishadi, keyin Kiyev orqali Grossi keladi va xuddi shu hisobotni, shu jumladan "himoya zonasi tashkil qilish kerakligi" haqida yozadi. Ammo bu taqdir emas ekan.
Zelenskiy MAGATE hisobotni kutmasdan, missiyasining ishi unga ma’qul kelmasligini aytdi va Kiyev rejimi boshqa aqldan ozgan g‘oyalarni ilgari sura boshladi. Masalan, "yadroviy muhandislik auditi" taklif qilindi (bu nima o‘zi?). Keyin Kiyev MAGATEning muqobili topilishi mumkinligini aytdi (qaysi biri? - dunyoda o‘zi bitta agentlik bo‘lsa) Masalan - YeI va BMT missiyasini yuborish mumkin (axir MAGATE BMTning bir qismi emasmi?). Ushbu g‘oyani Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal va Germaniya kansleri Olaf Shols bilan muhokama qildi. Bunday missiya Yevropaning energetik xavfsizligiga katta yordam berishi haqida fikr bildirildi.
Xullas biroz kutish kerak va betaraflikdan darak ham bo‘lmagan hisobot paydo bo‘lishi muqarrar.
Aynan shunday bo‘lishiga nega shubha yo‘q? Chunki bu Xitoy bilan sodir bo‘lgan voqeani juda eslatib turibdi. Xitoyning Shinjon provinsiyasida inson huquqlariga rioya etilishi haqidagi xalqaro hisobot esingizdami? O‘tgan hafta BMTning inson huquqlari bo‘limining hujjati e’lon qilingan bo‘lib, unda yoqimsiz ibora mavjud: Pekin bu provinsiyada ommaviy vahshiyliklar uyushtirgan "bo‘lishi mumkin”.
Bundan millionlab xitoyliklar hayratda qoldi: axir qanday qilib? May oyida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Shinjonga tashrif buyurgan edi. U safar davomida ham, keyinroq ham “Shinjondagi genotsid” haqida hech qanday bayonot bermadi, hammasi yaxshi o‘tgan edi-ku? Endi qanday qilib bu g‘alati hujjat paydo bo‘ldi?
Global Times o‘tkazgan diplomatik tekshiruvi natijasida aniqlanishiga ko‘ra, bu hisobot BMTning o‘sha tuzilmasi ichidan chiqqan, lekin u Mishel Bachelet tomonidan emas, balkim boshqa shaxslar tomonidan tayyordlangan. Ular ushbu qog‘oz ustida 2019-yildan buyon, hech qanday tekshiruv safarlarisiz ishlagan. Qolaversa, ular BMT Inson huquqlari kengashi va boshqalar kabi tuzilmalardan alohida ishlagan. Ha, BMT katta tashkilot, u yerda o‘zingizga kerakli istalgan odamni topishingiz mumkin...
Shu o‘rinda “huquq himoyachilari” dastlab Bacheletning Shinjonga safari hech qachon amalga oshmasligiga ishonch bildirishgan edi. Safar amalga oshganidan so‘ng esa "bu xato bo‘ldi" deganlar ham ancha edi. Xullas qo‘ldan kelgancha xalal berishga urinishdi. Safar tugab ijobiy ma’noli hisobot e’lon qilinganidan so‘ng "Nega u bunday hisobot berdi, kutilgan (salbiy) faktlar nega yo‘q" qabilidagi e’tirozlar ham ko‘p bo‘lgan edi.
Xudda shu qabilida, Rafael Grossi va uning Zaporojye AESga tashrifi ham "Bu MAGATE missiyasi umidlarni oqlamadi - biz boshqasini topamiz" qabilida kutib olinmoqda.
Xo‘sh bu tomoshadan qanday xulosa chiqarish kerak? Achinarlisi shundaki, xalqaro siyosatni boshqarish mexanizmlari, yarim asr davomida katta qiyinchiliklar bilan qurilgan xalqaro hamjamiyat tizimi, istasangiz, umuman xalqaro hamjamiyat tushunchasi - G‘arb tomonidan ataylab yo‘q qilinmoqda.
Nima uchun BMT va uning ko‘plab ixtisoslashgan agentliklarini tashkil qilingan edi? Dunyoda barcha mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha mustaqil, xolis hakamlar institutini yaratish uchun.
Ha, dunyo Sharq va G‘arbga bo‘lingan, ular o‘zaro raqobatlashmoqda. Undan tashqari murakkabroq narsa “uchinchi dunyo” ham bor, ya’ni o‘nlab davlatlar betaraf bo‘lishga harakat qilmoqda. Va hamma bir-biri bilan nimadir haqida bahslashadi, hatto urishadi. Ammo mustaqil, xolis hakamlar borki, ularning mavjudligining ma’nosi - shu mustaqillik va xolislikda. Ular xalqaro hamjamiyatni nisbiy tartibda ushlab turishadi, ideal bo‘lmasa-da.
Bu tizim uzoq vaqt davomida, 90-yillardan boshlab tizimli ravishda buzilib kelgan. O‘shanda bir davlatga dunyoga bir o‘zi egalik qilishi mumkindek tuyulgan. Ixtisoslashgan xalqaro tuzilmalarning har birida uni G‘arbning qudratini ta’sisi etish uchun soxta tuzilmaga aylantirish uchun zimdan va uzoq davom etgan kurash olib borildi. Ammo bunga qarshilik ko‘rsatildi, keyin ma’lum bo‘lishicha ushbu agentliklarning ko‘pchilligida Xitoyning ta’siri kuchaygani ma’lum bo‘ldiyu. Vaziyat yanada murakkablashdi.
Bugun esa, biz neytral hakamlarga bo‘lgan ehtiyoj sezilarli darajada oshganining guvohi bo‘lmoqdamiz. Demak ular, janglar bilan bo‘lsada, kelajakda ham mavjud bo‘lishadi. MAGATEning Zaporojye bo‘yicha hisobotining asl mohiyati shu bo‘lsa kerak.
Yangiliklar lentasi
0