Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 6-sentabrning asosiy xabarlari

© Aleksey Stefanov, SputnikSvoimi glazami. Glava MAGATE pribil na AES pod groxot snaradov
Svoimi glazami. Glava MAGATE pribil na AES pod groxot snaradov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2022
Obuna bo‘lish
MAGATE faqat stansiyaga yetkazilgan zararni qayd etdi, lekin zarbalarni kim berayotganini aniq aytishdan bosh tortdi.
TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainada amalga oshirilayotgan maxsus operatsiya bo‘yicha o‘tgan sutka, 6-sentabrning asosiy xabarlarini ma’lum qildi.
Zaporojye viloyatida Ukrainaning 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining 100 nafargacha jangarisini yo‘q qilindi.
Ukraina qo‘shinlari kun davomida Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishi bo‘yicha alohida hududlarda hujum qilish urinishlarini davom ettirdi. Rossiya QK ularning bo‘linmalari va zaxiralariga aniq zarbalar bermoqda.
️Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining kemalari Dnepropetrovsk viloyatidagi Ukraina qo‘shinlarining Nikolayev-Krivoy Rog yo‘nalishi bo‘yicha bir guruhini yoqilg‘i bilan ta’minlagan yirik Ukraina yoqilg‘i saqlash omboriga "Kalibr" gipertovush raketalar yordamida zarba berdi.
Yuqori aniqlikdagi raketa va snaradlar yordamida DXR hududida 250 nafarga yaqin Ukraina harbiylarining 54 va 93-mexanizatsiyalashgan brigadasi askarlarini yo‘q qildi.
Rossiya havo mudofaa tizimlari esa Kaxovskaya GESi yaqinida Ukrainaning HIMARS reaktiv tizimining 11 ta snaradlarini urib tushirdi.
️Xarkov viloyati Izum shaharchasida ikki nafar tinch aholi, jumladan 95 yoshli Ulug‘ Vatan urushi faxriysi o‘qqa tutilishi natijasida halok bo‘ldi, bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda.
️Kiyev harbiylari Energodar va Zaporojye AESga 15-marta o‘q uzdi, Dnepropetrovsk viloyatidagi Marganes aholi punkti hududidan 20 ta snarad, shu jumladan stansiyani nishonga olgan uchta o‘q otildi. Ukrainaning ushbu artilleriya bo‘linmalari Rossiya tomonidan javob o‘qlari bilan bostirildi.
Undan tashqari, ️MAGATE missiyasi Zaporojye AESda o‘tkazgan tekshiruv natijalari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi. Hisobotda stansiyaning elektr ta’minoti tizimlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan barcha jangovar harakatlarni to‘xtatish zarurligi, shuningdek, zarar ko‘rmaslik uchun Zaporojye AESi atrofida "himoya zonasi" yaratish zarurligi ta’kidlangan.
Zaporojye viloyati ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogovning aytishicha, MAGATE delegatsiyasi faqat stansiyaga yetkazilgan zararni qayd etishgan, lekin o‘z hisobotlarida zarbalarni kim berayotganini ko‘rsatishdan bosh tortgan.
Yangiliklar lentasi
0